Andijon şahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoiy iş doirasida şahar hokimi va deputat Bahrom Haydarovni tergovga tortiş maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritildi.

Ma’lum qilinişiça, dastlabki tergov davomida şahar hokimi yer ajratişga doir bir neçta qonun va qonunosti hujjatlarini buzgan holda 2019-2020 yillarda davlat manfaatlariga 1 milliard 779 million söm zarar keltirgan. Taqdimnomada hokimning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjudligi sababli jinoyat işiga ayblanuvçi sifatida jalb etiş va ehtiyot çorasini qöllaş lozimligi aytiladi.
Boş prokuraturaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Andijon şahar prokuraturasining uşbu xati asosida 3 fevral kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Xalq deputatlari Andijon viloyat kengaşiga taqdimnoma kiritilgan.
Viloyat kengaşi «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida»gi qonun talablariga muvofiq, deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş töğrisidagi masala prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengaşi tomonidan ön kun içida hal etilişi kerak.
Şuningdek, Kengaşning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik beriş masalasiga doir qarori darhol tegişli prokurorga yuborilişi aytilgan.
Lekin oradan 18 kun ötgan bölsa-da, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengaşi prokuror taqdimnomasini körib çiqişga şoşilmayapti.
Bugunga qadar Andijon şahri hokimining noqonuniy yer ajratgani, fuqarolarni haqorat qilgani va boşqa masalalarda qonunga zid xatti-harakatlari jamoatçilik tomonidan keskin qoralanib kelmoqda.
Xususan, 2021 yil may oyida Bahromjon Haydarov naqd uçta me’yoriy hujjatga zid ravişda, ta’sis etilganiga endi 1 oy bölgan firmaga şahar markazidan 14 sotix yer uçastkasini töğridan-töğri berib yuborgan. Uning harakatlari yer auksion orqali sotilmagani uçun prezident qaroriga, sotilgan yer maydonida quriliş qiliş Şaharsozlik kodeksi va Andijon şahar boş rejasiga zid bölgan.
2021 yil mart oyida Andijon şahar hokimi qarori bilan ajratilgan katta yer maydoni bölib-bölib sotilgani haqida blogerlar tomonidan turkum maqolalar

















