Özbekiston iqtisodiyoti ötiş bosqiçidagi boşqa mamlakatlardan davlatning xalq oldidagi hisobdorligi va unga bölgan işonç darajasi böyiça ortda qolmoqda. Bu haqda Jahon banki hisobotida qayd etilgan.
Ekspertlarga köra, sönggi paytlardagi islohotlarda moliyaviy şaffoflikni ta’minlaş, korrupsiyani kamaytiriş, fuqarolar faolligini oşiriş, matbuot erkinligini kengaytiriş, sud-huquq va huquqni muhofaza qiliş tizimini takomillaştiriş, saylanadigan organlarning nazorat vakolatlarini kuçaytirişga e’tibor qaratilmoqda. Bu yönalişdagi natijalar ham sezilarli bölgan, lekin işlarning dastlabki holati juda zaif va tugallanmagan.
Qayd etilişiça, mahalliy hokimiyat organlari javobgarligini kuçaytiriş böyiça işlar ança sust keçgan.
Özbekistonning yuqori darajada markazlaşgan ma’muriy modeli mahalliy amaldorlar uçun hudud ehtiyojlari va fuqarolarning fikr-mulohazalarini qondiriş uçun çeklangan rağbatlarni yaratadi, deyiladi hisobotda.
Jahon banki dokladida yozilişiça, 2025 yilga borib Özbekistonda jamiyat manfaati emas, yakka öz manfaatini közlovçi şaxslarning hokimiyatni egallab oliş xavfi yuqori çöqqiga çiqişi mumkin. Possovet mamlakatlari, xususan, Rossiya va Ukraina tajribasi şuni körsatadiki, köpinça oligarxlarning paydo bölişi islohotlar jarayonining ikkita muhim bosqiçida röy beradi:
- davlat nazoratini qisqartiriş va yerlarni davlat tasarrufidan çiqarişda;
- davlat korxonalarini xususiylaştirişda.
Yuqoridagi ikkala bosqiçni ham Özbekiston yaqin yillarda bosib ötişi aytilyapti, bu boradagi işlar boşlab yuborilgan.
Farğona NQIZ Kiprda röyxatda ötgan ofşor kompaniya ixtiyoriga ötdi
Ta’sisçisi Kiprda röyxatdan ötgan “Air Marakanda ”ga yangi imtiyoz va huquqlar berildi
Qöldan qölga ötayotgan zavodlar. Özbekistondagi sement zavodlari bilan nimalar bölmoqda?
Jahon banki xulosasiga köra, sobiq SSSR mamlakatlarida ötiş davri iqtisodiyotidan olingan saboqlar odatda ikki xil manfaatdor tomonlar mavjudligini körsatadi:

















