Avvalo aytiş joiz, 13 mayga qadar 65 ming kişi Rossiyadan Özbekistonga qaytiş istagini bildirib, charter reyslar röyxatiga yozilgan.
Rossiyada millionlab özbekistonliklar istiqomat qilişidan kelib çiqilsa, diplomatik vakolatxonalarga 65 mingta murojaat bölganini notabiiy holat deb bölmaydi. Şu bilan birga, vaziyatdan kelib çiqib röyxatdagi barçaning vatanga qaytarilişi ehtimoli kamligini ham ta'kidlaş lozim.
Hozirça qaytiş istagini bildirganlar ma'lum mezonlar asosida saralab olinyapti va charter reyslarda olib kelinmoqda – vatandoşlarni poyezdda qaytariş rejasi bor-yöqligi noma'lum, hozirça rasmiylar tomonidan bu haqda biror fikr bildirilgani yöq.
Kutilayotgan charter reyslar
13-24 may kunlari xorijdagi Özbekiston fuqarolarini olib keliş uçun 13ta charter reys amalga oşirilişi belgilangan. Şulardan 7tasida Rossiyadagi özbekistonliklar olib kelinadi.
14 may kuni Sankt-Peterburgga rejalaştirilgan parvoz haqida, 13 maydagi Istanbul reysi bilan bölgani kabi, ma'lumot berilgani yöq. Rossiya şaharlariga kutilayotgan charter reyslar röyxati quyidagiça (barçasi Toşkentga qönişi rejalaştirilgan):
- 16 may. Rostov-Don — 11:00
- 17 may. Qozon — 11:00
- 18 may. Moskva — 7:20
- 19 may. Sankt-Peterburg — 8:35
- 20 may. Moskva — 7:20
- 23 may. Novosibirsk — 13:00
Yölovçilar qanday tanlab olinadi?
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, charter reyslarda birinçi navbatda quyidagi fuqarolar olib kelinadi:
- keksalar
- kasal fuqarolar
- homilador va bolali ayollar
- ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga çiptasi bor fuqarolar.
Çipta narxi qança?












