Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv davomida Özbekistonda atom elektrostansiyasini quriş masalasi muhokama markaziga aylangani haqida ma'lum qildi. Kun.uz muxbiri şu haqida xabar bermoqda.

Lixaçyovning sözlariga köra, AES 2ta blokdan iborat böladi. Şuningdek, hukumatlararo kelişuv, şartnoma, bu obektni foydalanişga topşiriş muddatlari, kadrlar tayyorlaş masalasi ham körib çiqilgan. 

“Özbekiston hozirda tadqiqot reaktori işini qayta yangilamoqda. Biroq, zamonaviy yadroviy texnologiyalar va katta quvvatdagi stansiyadan foydalaniş köplab mutaxassislar hamda qator sohalarning rivojini talab etadi. Bunda, ehtimol, 10 mingga yaqin malakali xodimlar kerak böladi. Stantsiyadan foydalanişning öziga 1500-1600 işçi zarur. Ular kerakli tayyorgarlikdan ötişi lozim. Prezident bizga mutaxassislarni imkon qadar Rossiyada tayyorlaş vazifasini qöydi. Şuningdek, bu yerda barça kerakli şaroitlar yaratilişi lozimligi tilga olindi. Bugun Özbekistonda MIFI (Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti - tah.) filialini oçiş, “Rosatom” akademiyasida mutaxassislarni tayyorlaş masalasi ham muhokama qilindi.

Özbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurişni taklif qildi. Özbekiston prezidenti va boş vaziri bizga Navoiy viloyatidagi maydonça haqida ma'lum qilişdi. Yaqin kunlar içida u yerga yöl olib, ma'lumot yiğişni boşlaymiz. Loyihaga yondaşuvlar muhokama qilindi”, - dedi Lixaçyov.

Uning ta'kidlaşiça, Özbekistonda AES qurilişi loyihasini amalga oşiriş uçun tegişli davlat organi taşkil etilişi lozim, u respublikadagi atom sohasini tartibga soladi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev «Rosatom» boş direktorini qabul qilgani xabar berilgandi.