Namanganda 450 nafar bola kasallangani ortidan iste’moli to‘xtatilgan “Antistrumin” dori vositasini yetkazib beruvchi kompaniya tender o‘tkazish yo‘li bilan emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlab olingan.

Telegram'dagi Pressuzb kanali ma’lumotiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat xaridlarini amalga oshirishga mas’ul tashkiloti – “O‘zmedimpeks” “Kaliy yodid 1 mg tabletka, №100 (Antistrumin)” dori vositasini xarid qilish uchun 2022 yil iyun oyida “Samo” MChJ bilan 5 mlrd 644 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. 2023 yil 11 yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 mln so‘mlik qo‘shimcha kelishuv qilingan. Shu tariqa, birinchi shartnoma qiymati roppa-rosa 6,6 mlrd so‘mga yetkazilgan. Unga asosan, 1 mln 200 ming quti preparatning har biri 5500 so‘mdan xarid qilingan.

2023 yilning 4 mayiga kelib, “O‘zmedimpeks” Samo kompaniyasi bilan “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish uchun yana 15 mlrd 275 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Bunda 2 mln 350 ming quti preparatning har biri 6500 so‘mdan hisoblangan.

Foto: Pressuzb Telegram-kanali

Bozor narxidan ikki barobar qimmatga olinganmi?

Yuqoridagi uchta shartnomani jamlaganda, “Samo” MChJdan jami 3 mln 550 mingta “Antistrumin” dori vositasi jami 21 mlrd 875 mln so‘mga sotib olinadigan bo‘lgan. Bunda har bir quti preparatning narxi o‘rtacha 6162 so‘mdan to‘g‘ri keladi.

Kun.uz preparatning chakana narxi bilan qiziqib, O‘zbekistonning bir necha hududlaridagi dorixonalar bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, SSV 3 mln 550 ming qutisining har birini 6162 so‘mdan (ulgurji tarzda) sotib olgan xuddi shu preparat bir nechta dorixonalarda 2300–3000 so‘m oralig‘ida (chakana tarzda) sotilyapti.

E’tibor qaratish kerak bo‘lgan yana bir jihat shuki, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022 yil iyundagi birinchi shartnomaga asosan dorining ilk partiyasini 5500 so‘mdan sotib olgan, 2023 yil maydagi xaridda esa preparat narxi 6500 so‘mga ko‘tarilgan, ya’ni 11 oy ichidagi narx qimmatlashishi