Uşbu jinoyat işi, Jinoyat-protsessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat işining sudlovga tegişliligiga köra ötkazilişi) asosan, apellyatsiya tartibida yangidan körib çiqiş uçun Toşkent şahar sudiga yuborilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

“JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq, mazkur jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqilib, qöşimça ma’lumot sud jarayoni yakuni böyiça beriladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, Xiva tuman sudining hukmiga köra, Xorazm viloyati Adliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan Oybek Maşaripov va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği bölgan Anvar Quryazov mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelganlikda aybdor deb topilgan va ularga 1,5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

Jinoyat işining yana bir figuranti – voyaga yetmagan qizlarni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlab kelgan mehribonlik uyi mudirasi 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Uç nafar sudlanuvçi hukm ustidan Xorazm viloyati sudiga şikoyat qilgan, lekin apellyatsiya instansiyasi hukmni özgarişsiz qoldirgan.

Jamoatçilik bu jinoyat haqida birinçi instansiya sudining hukmi çiqqanidan 7 oy ötib xabar topdi. Va bu – jinsiy jinoyatlar oylar mobaynida davom etib kelgani, sud esa sobiq amaldorlarga ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlagani rezonansga sabab böldi.

Şundan keyin Maşaripov va Quryazovga tayinlangan jazo yengil bölgani sabab Xorazm viloyati prokuraturasi Oliy sudga protest kiritgani ma’lum qilindi. Oliy sud işni apellyatsiya instansiyasida qayta körişga yubordi.