2023 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekistonda 8693 ta yöl transport hodisasi sodir bölgan.

Ularda 2080 nafar inson halok bölgan, yana 8055 kişi jarohatlangan.

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi yiğilişida ma’lum qilindi.

“Uşbu yöl-transport hodisalarining yuz berişiga asosan fuqarolar tomonidan qonunçilikda belgilangan javobgarlikni mensimasligi va amaldagi yöl harakati qoidalarini bilmasligi sabab bölmoqda”, – deyiladi Senat axborotida.

Sönggi vaqtlarda IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati YTHlar statistikasini kamdan kam oçiqlaydigan bölgan. Bu boradagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan Senatning uşbu qömitasi tomonidan e’lon qilib borilmoqda.

Qömita avvalroq 2023 yilning yanvar–avgust oylari böyiça raqamlarni keltirib ötgan edi. Şundan kelib çiqib hisoblaganda, kuz oylarida (sentabr, oktyabr, noyabr) 2 921 ta YTHda röyxatgan olingan bölib, ularda 665 kişi halok bölgan, 2 607 kişi turli darajalarda jarohatlangan.

Jarohatlanganlar orasida 1- va 2-guruh nogironi bölib qolganlar qança ekani borasida alohida statistika yuritilmaydi.

YHXX ma’lumotiga köra, 2021 yilda 10 001 ta, 2022 yilda esa bundan 1 foizga kam – 9902 ta YTH qayd etilgan.

Qurbonlar soni 2021 yilda 2426 nafar, 2022 yilda esa 2356 nafar (–2,9 foiz) bölgan.