«Boku Moskva bilan oldingi munosabatlarda qolmaydi» – ekspertlar Oqtovdagi fojia oqibatlari haqida
|20:17 / 01.01.202510 864
Fojiaga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi sabab bölgan. Aliyev Rossiyaga qöygan talablar bu kabi hodisalar takrorlanmasligi uçun tizim yaratişga yordam beradi. Bu esa nafaqat Ozarboyjon, balki Rossiya havo hududidan foydalanayotgan Özbekiston uçun ham juda muhim.
25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida qulab tuşdi. 38 kişi halok bölgan. Euronews va Reuters Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib bergan ma’lumotlarga köra, samolyot halokatiga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi sabab bölgan. Grozniy ustida «Ukraina dronlari faolligi kuzatilayotgan» vaqtda samolyotga raketa otilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.
28 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga telefon qilib, «Rossiya osmonida röy bergan fojiali hodisa» uçun uzr söradi, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Ilhom Aliyev esa uşbu holatda Rossiyadan aybdorlikni rasman tan olişni, qurbonlarning oilalari hamda Ozarboyjon davlatiga tovon tölaşni talab qilmoqda. Kun.uz uşbu xalqaro vaziyat yuzasidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan boğlanib, ulardan izoh oldi.
Şuhrat Rasul, siyosiy tahlilçi:
«Matbuotda Rossiya tomoni «Kovyor» tizimiga apellyatsiya qilmoqda. Bu qanaqa tizim? U joriy qilingan hududda, ya’ni harbiy teatrda, uçayotgan har qanday obekt özini identifikatsiya qilmasa, protokol böyiça urib tuşirilişi kerak böladi. Endi bu ma’noda ular özlarini harbiy protokolni bajargandek körsatmoqda. Lekin juda katta ehtimol bilan bu yerda ikkita variant bor.
Birinçisi, «Pansir-S1» havo hujumidan mudofaa tizimlarini ekspluatatsiya qilayotganlarning tajribasizligi oqibatida bölişi mumkin. Ikkinçisi esa uşbu qurolda avtomatik boşqaruv, nişonga oliş tizimlari mavjud. Mana şu avtomatik boşqaruv tizimlari işga tuşib ketgan bölişi mumkin.
Mavzuga oid
10 min
Nima bölganda ham, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bu qasddan amalga oşirilmaganini aytdi. Bu bilan u Rossiya tomoniga vaziyatdan yuzini saqlab qolgan holda çiqiş uçun bir imkoniyat berdi. Lekin bu imkoniyatdan Rossiya tomoni nimagadir foydalanişni xohlamayapti.
Rossiya tomoni prezident Aliyev aytgandek, uç kun davomida har xil yolğon argumentlar keltirib, qandaydir quşlar galasi yoki içidagi kislorod balloni portlab ketişi kabi umuman kurakda turmaydigan, bema’ni bahonalar bilan vaziyatni xaspöşlaşga kirişib ketdi. Bu haqli ravişda Ozarboyjon tomoni noroziligiga sabab bölmoqda.
Rossiya tomoni Ozarboyjon prezidenti aytgan uçta şartni töliq bajarib berişi kerak: birinçidan, aybini rasman tan olişi va keçirim söraşi kerak; ikkinçidan, bu işni qilgan harbiylar jazolanişi, sud bölişi kerak; uçinçidan, şu samolyot içidagi kim bölişidan qat’i nazar, Rossiya fuqarosi yoki Ozarboyjon fuqarosi, ölganlar uçun alohida, ölmaganlar uçun esa alohida kompensatsiya tölanişi kerak. Aviakompaniyaga ham samolyotni yöq qilgani uçun kompensatsion tölovlar berilişi kerak.
Mana şu işlar qilinsa, umuman olganda, Ozarboyjonning Rossiyaga bölgan e’tirozlari töxtagan bölardi. Hozirgi kunda Rossiyaning tuşunarsiz, tömtoq, aqlsiz pozitsiyasi tufayli ikki mamlakat örtasidagi strategik munosabatlarga putur yetmoqda. Boz ustiga, ziddiyatga Qozoğiston tomoni ham şerikka aylanib, ularni noqulay ahvolga solib qöydi.
Samir Humbatov, ozarboyjonlik siyosatşunos:
Hozirgi işning asliga qaralganda, Rossiya Ozarboyjonning fuqarolik samolyotini nega urib tuşirganini aniq bir formada baholay olmaymiz. Lekin boşqa tomondan qaraganimizda, Rossiya va Ukraina uruşi oqibatida Ozarboyjon samolyoti beixtiyor urib tuşirilgani aytilmoqda. Ammo men heç bunday öylamayman. Çunki zamonaviy havo hujumdan mudofaa tizimlari bunday muammolardan xoli va Rossiyada bunday tizim bor.
Öylaymanki, Rossiyaning Ozarboyjon samolyotiga zarba berganidan söng öz yerida joylaşgan aeroportlarga qönişiga ruxsat bermasligi bu mavzuda bir qança savollar keltirib çiqaryapti. Rossiyaning buni qiliş bilan birgalikda orqa planda bosqin siyosati borligidan ham körinib turibdi. Masalan, Rossiya-Ukraina uruşi davrida bir qança Ğarb davlatlarining Rossiyaga munosabati va bu davrda Ozarboyjonning tarafsiz, neytral siyosati sabab ham bölişi mumkin. Lekin buni fuqarolik samolyotiga qilgani mantiqli kelmayapti.
Oxir-oqibat 30 dan ortiq inson vafot etişi va qançadan qança insonlar oğir jarohat olişi, bu xuddi Rossiyaning Malayziya samolyotiga qilgani singari ayni işni qilgani bilan tengdir. Balki tarixda birinçi marta Rossiya prezidenti bölib Putin boşqa davlatdan uzr söragan bölişi mumkin. Ammo bu uzrni ham şunçaki töğridan töğri söragani yöq. Uzrni ham bir boşqa formada söradi. «Ha, töğri, biz buni qildik, uzr va evaziga javobgarlikni öz böynimizga olamiz va kim buni qilgan bölsa, biz ularni jazolaymiz» degan şaklda uzr söralmadi. Ya’ni samimiy uzr bölmadi.
Aliyev nafaqat Ozarboyjon fuqarolari, balki öşa samolyot bortida bölgan Qozoğiston va Rossiya fuqarolari uçun ham izoh söradi va ular uçun ham tovon tölanişini talab qildi. Bu holatda Rossiya «Biz katta davlatmiz, endi Ozarboyjondan uzr söraymizmi?» deb öylaşi mumkin. Ammo Ozarboyjon davlati öz qarorini qabul qildi.
Yana bir mavzu esa Rossiyaning bu harakati öz havo hududida Ozarboyjon fuqarolik samolyotini urişi, undan söng esa hududidagi yaqin aeroportlarga yönaltirmasdan töğridan töğri Qozoğiston tarafga yönaltirişi bir qança savollarni tuğdirmoqda. Bundan maqsad – samolyotning dengizga tuşişi va bu bilan izini yöqotiş bölişi mumkin edi.
Bortdagi kapitanlarimiz bu holatning oldini oldi, yölovçilarning yarmiga yaqinining hayotini qutqarişga erişdi. Öylaymanki, bu yerda Rossiyaning bosqin siyosati bor. Uşbu siyosatni uzoq vaqtdirki davom ettirayotgan edi va hozir esa oçiqdan oçiq qilyapti. Rossiyaning hozirgi harakati faqatgina Ozarboyjonga emas, balki butun turkiy davlatlarga qarşi deb öylayman.
Çunki bu iş bugun Ozarboyjonga qilinyapti, ertaga Qozoğistonga, indinga Özbekistonga, keyin esa boşqa davlatlarga bosqinlik siyosati uyuştirilişi mumkin.
Öylaymanki, prezident Aliyev sözidan ortga qaytmaydi. Ozarboyjonning talablari aniq qilib örtaga qöyildi va Rossiya uşbu talablarni bajarmasa, Ozarboyjon hozirgi kunda yangidan munosabatlarni örnatmaydi. Va bu muammo hal etilsa ham, Ozarboyjon Rossiya bilan eski munosabatida qoladi deb öylamayman.
Mirşohid Aslanov, Progressiv islohotlar markazi direktori:
Ozarboyjon havo kemasi Oqtov yaqinida fojiali qulaşi bu uruşning töğridan töğri natijasidir. Jangovar harakatlar tinç aholining kundalik hayoti bilan aralaşib ketdi. Rossiyaning köplab hududlari havo hujumiga uçramoqda, bu esa fuqaroviy xizmatlar va harbiylar orasida kelişilgan holda işlaşni oğirlaştirmoqda.
Doimiy dronlar hujumi şaroitida Ozarboyjon samolyoti urib tuşirilişi qandaydir baxtsiz hodisa emas, afsuski «kutilgan natija»dir. Xalqimizda köza kunda emas, kunida sinadi, degan gap bor. Umuman olganda, bu mojaro uruş zonalarida odatdagidek hayot tarzini davom ettiriş mumkin degan xayollarni puçga çiqaradi. Bu nafaqat fuqaro aviatsiyasiga, balki barça boşqa sohalarga ham tegişli. Rossiyada biznes böladimi, işlaşga ketiş böladimi, savdo-sotiq yoki investitsiya va texnologiya böladimi, barça sohalar uruş qurboniga aylanib böldi. Rossiyada hatto ta’lim ham uruş qurboniga aylandi, çunki uruşni oqlaş uçun tarix ham qayta yozilmoqda.
Rossiya sukut saqlaşi va samimiy keçirim söramasligi sababi bir neça omil bilan boğliq. Birinçidan, şov-şuvli xalqaro hodisada aybni tan olmaslikka uriniş, bu – strategik harakat. Qilingan işga iqror böliş nafaqat Rossiyaga qolgan işonçni ham söndiradi, balki aniq va jiddiy diplomatik va huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin, ya’ni katta tovon va kompensatsiyalar, xalqaro tanqid va qöşimça sanksiyalar, aloqalar buzilişi va hokazo. Qolaversa, bu hududlarga köplab boşqa davlatlarning havo kemalari uçadi, şu jumladan, Özbekiston aviakompaniyalari uçoqlari ham. Urib tuşirişni tan oliş, qolganlarning ham parvozlari töxtatilişiga olib kelişi mumkin.
Ikkinçidan, voqeani ataylab noaniq tarzda uşlab turiş orqali, öylaymanki, ular öz fuqarolari va uçinçi davlatlar tomonidan noroziliklarni kamaytirişga harakat qiladi, hatto bu harakat Ozarboyjon bilan aloqalar yomonlaşuviga olib kelişini bilsa ham.
Prezident Aliyevning javobgarlik, oşkoralik va tovon tölaş talablari töliq asosli va xalqaro qonunçilikka töğri keladi. Uşbu talablar bu kabi hodisalar takrorlanmasligini ta’minlaş tizimini yaratişni taqozo etadi. Bu esa nafaqat Ozarboyjon, balki Rossiya havo hududidan foydalanayotgan Özbekiston uçun ham juda muhim.
Özbekiston manfaatlaridan kelib çiqadigan bölsak, birinçidan, Moskva aybini yaşirmasdan, öz qilmişini töliq tan olişi lozim. Şu kungaça yiğilgan dalillar falokat sabablarini aniqlaşga imkon berib turganda, ularni inkor etiş – Rossiyani mas’uliyatsiz va işonçsiz davlat sifatida körsatadi. Ikkinçidan, uşbu falokat sabablarini aniqlab, mas’ullarni oçiq jazoga tortiş lozim. Özbekistonning bir neçta havo kompaniyalari Rossiyaga parvozlarini davom ettirayotgan şaroitlarda bu biz uçun juda muhim.