O‘zbekistonda bu yilgi qurilish ko‘lami o‘tgan yillarga nisbatan ancha keng bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida, sohaga ajratiladigan budjet mablag‘lari ham sezilarli oshayotgani bir qancha raqamlarda namoyon bo‘ladi.
Uy-joy qurilishiga budjet sarfi ortmoqda
Oxirgi 3 yilda uy-joy qurish dasturiga davlat budjetidan 15 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu – yiliga o‘rtacha 5 trillion so‘mdan to‘g‘ri keladi, degani.
2021 yilga kelib esa mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yillardagiga nisbatan 2 barobar o‘smoqda, ya'ni shu yilning o‘zida qariyb 11 trillion so‘m budjet mablag‘i (tashqi qarz) ipoteka kreditlari asosida xarid qilinadigan uy-joy qurish uchun yo‘naltirilmoqda.
Umuman olganda, hozirgi davrga kelib respublika budjetidan qurilishga ajratilayotgan mablag‘lar sezilarli ortayotgani ko‘zga tashlanmoqda.
Bu, bir tomondan, urbanizatsiya jarayoni jonlanayotgani, aholining uy-joy va qurilishga bo‘lgan talabi o‘sib borayotganini ifodalasa, ikkinchi tomondan, budjet taqchilligi ortishiga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki yangi va katta miqdordagi xarajatlarning yuzaga kelishi qo‘shimcha mablag‘ talab etadi.
Xususan, 2021 yil uy-joy qurilishiga ajratiladigan 1 milliard dollar atrofidagi mablag‘ning asosiy qismi davlat tashqi qarzi hisobiga to‘g‘ri kelishi ham buni oydinlashtiradi.
Prognozlarga ko‘ra, joriy yilgi budjet defitsiti qariyb 37,5 trillion so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bunda qurilish sohasining ham ma'lum ulushi bor, albatta.
YaIMda qurilish ulushi 7 foizdan oshgan
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda 2021 yil davomida respublika bo‘yicha obektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun 15 trillion 512 milliard 398 million so‘m ajratilishi









