Sönggi oylarda respublikaning turli hududlarida pul tikiş va ma’lum bir topşiriqni bajariş – video tomoşa qiliş orqali daromad körişni taklif qiluvçi platformalar tarğiboti kuçaydi. Hatto viloyatlarda ularning filiallari taşkil etila boşlandi. Köplab odamlar uşbu platformalarga pul tikib, vaqtini video köriş bilan ötkazmoqda. Bu navbatdagi moliyaviy piramida bölişi mumkin.

Whats: parda ortida nima bor?

Özbekistonda ommalaşayotgan xavfli dasturlardan biri bu Whats hisoblanadi. Uşbu dastur ijtimoiy tarmoqlardagi bir neçta guruhlar orqali faol tarğib qilinmoqda. Unda ma’lum miqdorda pul tikib, kunlik topşiriqlarni bajariş orqali daromad köriş taklif etiladi. Topşiriqlar esa turli videolarni köriş va ularga layk bosişdangina iborat.

Dasturda bir neçta darajalar bor. Masalan, W1 darajada 180 ming söm pul tikib, kuniga 6 ta vazifani bajariş orqali oyiga 180 ming söm daromad oliş taklif qilinadi. Şartnoma muddati bir yilni taşkil etadi. Ya’ni 180 ming söm tikiş orqali kunlik topşiriqlarni bajarib, oyiga 180 ming sömdan bir yil davomida 2 mln 160 ming söm daromad oliş mumkinligi aytiladi.

Şu tariqa, darajaga qarab depozit qilinadigan summa, kunlik topşiriq va oylik daromad oşib boradi. W4 darajada 2,8 mln söm qöyiş orqali har kuni 40 vazifani ado etib, oyiga 3 mln 840 ming söm, yiliga 46 mln 80 ming söm topiş taklif qilinadi.

Guruhlarda “Whats Group” kompaniyasi boş direktori Pit ismli şaxs ekanligi aytiladi. Biroq biror guruhda uşbu şaxsning fotosurati, videosi yoki boşqa aniq ma’lumotlarini uçratiş qiyin.

Kompaniya boş ofisi AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgani, u Whatsapp messenjerining bölimi ekanligi, taxminan 1 mln onlayn xodimlarga egaligi, uning global biznesi dunyoning köplab davlatlarini qamrab olgani aytiladi.

Uşbu dastur navbatdagi moliyaviy piramidalardan biri xolos. Buni anglaş uçun bir neçta jihatlarga e’tibor qaratişning özi yetarli.