Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va Rossiyaning “Gazprom” davlat şirkati boşqaruvi raisi Aleksey Miller gaz sohasidagi hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi”ni imzoladi.

Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni “Gazprom” matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda tafsilotlar oçiqlanmagan.

“Gazprom” bilan gaz sohasidagi hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi”ni ötgan hafta Qozoğiston ham imzolagan edi.

“Interfaks”ning yozişiça, Rossiya Qozoğiston va Özbekistonda içki gaz iste’molning ösişi va Xitoy oldidagi eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda, Qozoğiston va Özbekistonga gaz yetkazib beriş hajmini oşirmoqçi.

Buning uçun gaz yetkaziş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va hatto yangi gaz quvurlarini quriş talab etilişi mumkin. Jumladan, Rossiya hududida gaz transporti infratuzilmasini rivojlantiriş uçun 260 milliard rublga yaqin sarmoya kiritiş kerak böladi. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin ham aytib ötgandi.

Rossiyaning Markaziy Osiyoga gaz sotişga qiziqib qolişi Ukraina uruşi fonida Yevropa rus energoresurslaridan yuz ögirayotgan bir paytda röy bermoqda. Moskva buning uçun Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokidagi uçtomonlama gaz ittifoqini tuzişni taklif qilyapti.

Avvalroq Rossiya Özbekistonga gaz uzatiş uçun mamlakatning gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berişni söragani, şunday talab Qozoğiston oldiga ham qöyilgani ma’lum bölgandi. Şuningdek, Moskva Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz eksportini ham nazorat qilmoqçi bölayotgani aytilmoqda.

Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov mamlakat öz energiya tarmoqlarini “birovga berib yubormasligi”ni