Markaziy bank axborotiga muvofiq, 2022 yil 26 dekabrdan Özbekistonda 1000 sömlik tangalar muomalaga çiqarildi. 

Regulyatorning qayd etişiça, muomalaga çiqarilayotgan 1000 sömlik tanga körinişidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bölgan 2001 yil namunasidagi 1000 sömlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravişda) muomalada böladi. Ya’ni 2001 yil namunasidagi 1000 sömlik banknotlar ham tölov qobiliyatini yöqotmaydi.  

Şuningdek, yangi körinişdagi uşbu pul belgilari ayni paytda muomalada bölgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, xöjalik yurituvçi sub’yektlar va aholi tomonidan öz qiymati böyiça barça turdagi tölovlar uçun heç qanday çeklovlarsiz qabul qilinişi şart.

Nega 1000 sömlik tanga muomalaga çiqarildi? 

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2021 yil boşida jurnalistlarning Özbekistonda muomalada bölgan barça banknotlar içida faqat 1000 sömlik yangilanmay qolgani haqidagi savoliga javob bergandi. Regulyator rahbari öşanda 1000 sömlik tangalar haqidagi rejalarni oçiqlagandi. 

“Maqsadimiz ming sömlik pulni qayta qoğozli şaklda çiqariş emas. Ming afsus, hayotimizdan tanga pullardan foydalaniş çiqib ketdi. Oldin 1000 sömlikni çiqarganmiz, lekin undan foydalaniş darajamiz muomaladan çiqib ketdi, niyatimiz ming sömlikni tanga pulga aylantiriş. Çunki eng köp qöllanadigan pul belgilaridan biri – 1000 sömlik banknota, 500 sömlik tanga va 2000 sömlik banknota, şu sababli buni ham tanga şakliga ötkazsak, bu birinçidan, pul muomalasini taşkil qilişdagi xarajatimizni kamaytiradi, ikkinçi tarafdan, işlatişga qulay şaklda böladi”, – degandi Nurmurodov.

Jamoatçilikka oçiqlanmagan Senat qarori 

2022 yilning iyul oyida 200 ming sömlik banknot muomalaga çiqarilgandi. Kun.uz pullar çiqarilişidan oldin qonunçilikka muvofiq