Özbekiston Markaziy saylov komissiyasining 30 yanvardagi qarori bilan sobiq Toşkent şahri hokimi va xalq deputatlarining Toşkent şahar Kengaşi deputati Jahongir Ortiqxöjayev Oliy Majlis Senati a’zolari röyxatidan çiqarildi.

Qaror xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati vakolatlari muddatidan oldin tugatilgani, şuningdek, uning Senat a’zosi sifatidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qiliş töğrisidagi yozma arizasini hisobga olgan holda qabul qilindi.

27 yanvar kuni Toşkent şahar Kengaşi Jahongir Ortiqxöjayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatiş töğrisidagi qarorni ma’qullagandi.

2018 yil aprelidan buyon Toşkent şahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxöjayev 2023 yilning ilk haftalarida şaharda elektr va tabiiy gaz ta’minoti bilan boğliq jiddiy muammo yuzaga kelişi ortidan 16 yanvar kuni işdan böşatildi.

Şu kuni sobiq hokim Istanbulga uçib ketmoqçi bölganida töxtatilgani xabar qilindi.