
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq rahbari Uluğbek Nazarov yana lavozimga qaytdi. Uşbu ma'lumotni Kun.uz'ga vazirlikdagi bir neçta mustaqil axborot manbalari tasdiqladi.
Ma'lum qilinişiça, agentlik sobiq rahbari ayni paytda mazkur taşkilot rahbari örinbosari sifatida iş boşlagan. Nazarov sakkiz oy ilgari lavozimidan böşatilgandi. Şundan söng, Asamov Hojibaxlil Fazlitdinoviç agentlikka vaqtinçalik rahbar sifatida tayinlangani e'lon qilingan. Bu özgariş agentlik Janubiy Koreyada işlaşni istovçilarni röyxatga oliş böyiça mart oyi oxiri va aprel oyi boşida ötkazgan test sinovlarida tuşunmovçiliklar röy berişi hamda buning ortidan jamoatçilikning noroziligi kelib çiqişi fonida röy bergani aytilgandi. Biroq, agentlik rasmiy saytida na Uluğbek Nazarov, na Hojibaxlil Asomov rahbariyat qatorida körsatilgan.
Mavzuga oid: Halima enam allalaridan Ahmad qaçon ölganigaça. Koreyaga işçilar kerakmi yoki professorlar?
2017 yilning 27-28-29-30 mart kunlari Koreyada işlaşni istagan fuqarolarni röyxatga oliş va anketa töldiriş jarayoni ötkazilişini e'lon qilingaç, uşbu jarayonni ötkazişda qator muammolar paydo bölgandi. Ya'ni, Janubiy Koreyada işlaş istagini bildirgan fuqarolar «login va parollar xato, savollarning saviyasi mehnat munosabatlariga nomutanosib ekanligini» aytişgan.
Mavzuga oid: Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining tört kunlik tomoşasi
Mavzuga oid: Audio. Migratsiya agentligi bildirgan yagona munosabat
Uluğbek Nazarov işdan olinişi bilan agentlik ötkazilgan röyxatga oliş va test sinovi natijalarini bekor qilingani haqida xabar bergandi.
















