Endi Özbekistonda haydovçilarni tayyorlaş va malakasini oşiriş faoliyati bilan şuğullaniş huquqi belgilangan talablarga javob beradigan barça xöjalik yurituvçi sub'yektlarga beriladi. Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, 23 fevral kuni qabul qilingan hukumat qarori bilan «Avtotest»ning bu boradagi monopol huquqi bekor qilindi.

Hujjatda mamlakatimizda yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan çoralarga qaramasdan hali hanuz bu borada haydovçilar va yölovçilar xavfsizligini ta'minlaşni natijadorligini yaxşi emasligi qayd etilgan.

Haydovçilarni malakasini oşiriş Hukumatning yöl harakati xavfsizligiga oid strategik çora-tadbirlarining bir qismi hisoblanişi ta'kidlangan.

«Avtotest Report» MÇJning avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş böyiça erişgan yutuqlari, uning zamonaviy öquv-uslubiy texnologiyalardan foydalanilayotganligi va imkoniyatlaridan kelib çiqib, uşbu qaror bilan yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarining haydovçilarini malakasini oşiriş uning zimmasiga yuklatilgan edi. Buni davlat-xususiy şerikçilikning öziga xos körinişi sifatida baholaş mumkin.

«Avtotest Report» MÇJ tajribasi, xususiy biznes taşkilotlari ham bu borada sifatli xizmatlar körsatişi mumkinligini va sohani rivojlantiriş uçun navbatdagi qadamni qöyiş vaqti kelganligini körsatdi.

Hukumat tomonidan kiritilgan takliflar va «Avtotest Report» MÇJ tajribasi inobatga olinib, 23 fevraldagi qaror bilan yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarining haydovçilarini malakasini oşiriş bilan 2018 yil 1 iyundan boşlab davlat ta'lim muassasalari, şuningdek, nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega bölgan boşqa yuridik şaxslar tomonidan ham amalga oşirilişi belgilandi», deyiladi xabarda.

Şuni ta'kidlaş kerakki, haydovçilarning yetarli bilim va malakaga ega bölişi nafaqat özlari uçun balki barça fuqarolarning xavfsizligi uçun nihoyatda muhim. Şu bois, haydovçilarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş bilan boğliq yönalişlar böyiça nodavlat ta'lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalaş uçun qöşimça litsenziya talablari hamda şartlari örnatildi.

Bundan taşqari, qaror bilan avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boşqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boşqa jismoniy şaxslarga malaka oşiriş majburiy emasligi belgilab qöyilgan.

Bundan avvalroq avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça «Avtotest»ning monopol huquqlarini bekor qiliş böyiça hukumat qarori loyihasi tayyorlanayotgani haqida