Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon şu yilning 17–18 avgust kunlari Özbekistonga davlat taşrifi bilan keladi. Bu xabarni Kun.uz’ning öz manbalari tasdiqlaşdi.
Ikki qardoş davlat munosabatlari tarixida muhim örin tutadi, deya baholanayotgan mazkur taşrif ikki tomonlama muloqotning prinsipial yangi kun tartibini örtaga çiqarişi taxmin qilinmoqda.
Taşrifning birinçi kunida — 17 avgust kuni poytaxtimiz Toşkentda özbek va tojik san'atkorlari iştirokida katta konsert dasturi bölib ötişi rejalaştirilgan. Imomali Rahmon taşrifining ikkinçi kunida Samarqand şahriga ham boradi.
Tojikiston Siyosatşunoslar milliy uyuşmasi raisi Abduğani Mamadazimovning fikriça, taşrif yakunlariga köra Toşkent huddi Moskva, Pekin, Ostona va Aşxobod bilan bölgani kabi Duşanbening strategik hamkoriga aylanadi.
Asia-plus media guruhining Tojikiston hukumatidagi öz manbasiga tayanib yozişiça, Rahmonning Özbekistonga davlat taşrifi yakunlariga köra, tomonlar jami 23ta yangi hujjat va bitimni imzolaşi kutilmoqda.
Xavfsizlik sohasidagi kelişuvlardan taşqari, kinematografiya, gidrometeorologiya sohalarida ham hamkorlik töğrisida qöşma hujjatlarni imzolaş rejalaştirilgan.
Tojikiston va Özbekiston, şuningdek, strategik şeriklik, ikki davlat çegaralarini töliq demarkatsiya va delimitatsiya qiliş töğrisida bitim imzolaydi.
Rahmonning taşrifi arafasida — 16–17 avgust kunlari Toşkentda «Tojikistonda işlab çiqarilgan» körgazmasi bölib ötadi. Unda qöşni respublika sanoatining yutuqlari namoyiş etiladi. 17 avgust kuni körgazmaga Ş.Mirziyoyev va I.Rahmon taşrif buyuradi.
Imomali Rahmon sönggi marta 1998 yilning yanvarida Özbekistonga ikkitomonlama aloqalar doirasida taşrif buyurgan edi. Şuningdek, u sönggi marta 2016 yilning 3 sentabrida Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimovning dafn marosimida iştirok etiş uçun Samarqandga kelgan edi.
Eslatib ötamiz, şu yilning 9–10 mart kunlari Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyev Tojikistonga davlat taşrifi

















