Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev juma kuni Moskvada Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar ötkazadi. Bu haqda Rossiya vazirlar mahkamasining matbuot xizmati xabar qildi.
«Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini körib çiqadilar. Atom energetikasi, sanoat, qişloq xöjaligi va ta'lim sohalarida hamkorlikni faollaştirişga alohida e'tibor qaratiladi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Boş vazirlarning özaro muloqotidan söng, ularning raisligida Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston örtasida iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 19-yiğilişi ham ötkaziladi. «Muzokaralar yakunida hukumatlararo hujjatlar imzolanişi kutilmoqda», - deya xabar berişgan RF vazirlar mahkamasidan.
Rossiya hukumatidan ta'kidlaşlariça, ikki mamlakat örtasida tinç atom böyiça hamkorlik doirasidagi asosiy loyihaga Rossiya texnologiyasidan foydalangan holda Özbekistonda atom elektr stansiyasining qurilişi böladi. «Taşrif çoğida uning qurilişiga oid bitim imzolanadi», - deya aytib ötgan vazirlar mahkamasi xodimi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar ötkazişi xabar qilingandi.


















