10 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan professional boks keçasida yana bir özbekistonlik boksçi ringga çiqdi.
Jahon çempionati sovrindori va Osiyo çempioni Elnur Abduraimov bu oqşomda professional ringdagi uçinçi jangini ötkazdi. U braziliyalik Aele Meskuitaga qarşi ringga kötarilib, raqibini birinçi raunddayoq nokautga uçratdi.
Şu tariqa, Abduraimov professional ringdagi uçinçi jangida ham nokaut bilan ğalaba qozondi.
Ma'lumot uçun, havaskor boksda 64 kg vazn toifasida iştirok etgan, «Uzbek Tigers» jamoasi sobiq a'zosi bölgan Elnur Abduraimov şu yilning fevralida professional boksga ötgandi.
U 30 sentabr kuni prof ringdagi debyutini ötkazgan va ilk jangda amerikalik Aron Hollinsni nokautga uçratgandi.
Şu yilning 18 oktyabrida esa u Kaliforniya ştati Indio şahridagi Fantasy Springs Casino arenasida amerikalik Jovanni Gonsalesni ringga qulatib, ikkinçi jangida ğalaba qozongandi.
Aele Meskuita professional ringda şu vaqtgaça 19 jang ötkazib, 17 ğalabaga erişgan va 2 marta mağlub bölgandi.

















