2018 yil 1 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudida Zokir Rahimovga nisbatan sud hukmi ustidan mahkumning advokatlari kassatsiya shikoyatini kiritishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda advokatlardan biri Qayum Esonov KUN.UZ muxbiriga ma'lum qildi.
Uning fikricha, advokatlar Zokir Rahimovga nisbatan chiqarilgan hukmni adolatsiz va asossiz chiqarilgan, deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zokir Rahimov sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 159-moddasi 4-qismi, 242(2)-moddasi 2-qismi, 223-moddasi 2-qismi, “b”, “v” bandlari, 244(1)-moddasi, 1-qismi bilan aybdor, deb topilgan edi.
1 noyabr kuni Zokir Rahimovga sud hukmi bilan uzil-kesil 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talishi belgilandi. Qonunchilikka binoan, hukm ustidan tomonlar 10 kun muddatda apellyatsiya, bu muddat o‘tganidan keyin kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga ega. Shunga ko‘ra, Zokir Rahimovning advokatlari kassatsiya shikoyati berishni rejalashtirishmoqda.
«Biz Rahimov Zokir Zaripovichga nisbatan hukmni bekor qilinishini so‘rab shikoyat beramiz», - degan mahkumning advokati Qayum Esonov muxbir bilan suhbatda.
Mavzuga doir:
Navoiyda terrorchilikda ayblanayotgan Zokir Rahimov ustidan sud eshituvlari davom etmoqda
Prokuror Zokir Rahimovga yigirma yil so‘radi – advokat prokurorni ishiga vijdonan yondashmaganlikda aybladiZokir Rahimov ishi: advokatlar sudlanuvchiga nisbatan ilgari surilgan ayrim ayblovlar isbotlanmagan, deb hisoblamoqdaNavoiydagi sud ishi: advokatlar nima haqida so‘rashdi?Zokir Rahimov ishi: u o‘zbek xalqi va Prezidentidan kechirim so‘radi














