Avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari - AGTKSda gaz tanqis bölişini oldini oliş maqsadida, «Özbekneftgaz» noyabr oyi uçun qöşimça 40 million kub.m gazni realizatsiya qilişi ma'lum qilindi. Bu haqda jamiyat boşqaruv raisining örinbosari Odil Temirov Kun.uz'ga xabar bergan.
«Bu ajratilgan 40 million kub.m gaz faqat AGTKS uçun yetkazib beriladi. Bundan közlangan maqsad - AGTKS ötgan oyda sotgan gaz hajmidan 10 foiz ortiği bilan metan gazni ulgurji narxda qabul qilib oladi va tanqislik biroz pasayadi», - deydi u.
Ma'lum qilinişiça, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan koeffitsiyentga yetib bormay, hisob-kitobni amalga oşirişi uçun avvaldan örnatilgan limitdan köproq gaz yetkazib berilişi ta'minlanmoqda.
Bunga qadar, Moliya vazirligi xodimi ayni paytda uşbu masala yuzasidan amaldagi tartibga qöşimça va özgartiş kiritiş böyiça takliflar körib çiqilayotganini ma'lum qilgandi. Bu özgariş aynan limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan koeffitsiyent miqdorida aks etişi, miqdorning pasaytirilişi mumkin.
Agar kutilgan özgariş vazirlik xodimi ta'kidlaganidek, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytirilsa, öz-özidan «gaz zapravka»larda narx tuşişi lozim.
«Özbekneftgaz» esa özgartiş kiritilgunça, iste'mol bozorini yetarli gaz bilan ta'minlaşga kirişgan.
Eslatib ötamiz, 16 noyabr kuni energiya taşuvçilarning narxi oşirilgaç, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari — gaz töldiriş kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi keskin ösgani haqida xabar berilgandi.

















