Jinoyat işlar böyiça Oqdaryo tuman sudida sudya Ilyos Doniyorov raisligida Kattaqörğon tumanida istiqomat qiluvçi N.T. ga nisbatan oçilgan jinoyat işi körib çiqilmoqda.

N.T. — Internetda juda maşhur bölgan ayol. U ikki farzandning onasi. Eri vafot etgan. 2018 yil 3 iyun kuni Kattaqörğon şahar Içki işlar bölimi katta tezkor vakili San'at Umarov tomonidan tahqirlanib, yeçintirilgani xabari jamoatçilik orasida katta rezonans keltirib çiqargan edi. San'at Umarovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, u sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi.
21 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida bölib ötgan sud majlisida jabrlanuvçi sifatida qatnaşgan N.T.ning özi endi sudlanmoqda.
U Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasi 3-qismi (Voyaga yetmagan şaxsni jinoyat qilişga jalb etiş) va 169-moddasi 3-qismining «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan amalga oşirilgan öğrilik) bilan ayblanmoqda.
Nomi birinçi keltirilgan modda böyiça u 5 yildan 10 yilgaça, ikkinçisi bilan 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
N.T. qanday jinoyatga qöl urgan özi?
Bu — 1986 yilda Jizzax viloyatida tavallud topgan N.T. öğrilikda ayblanib, birinçi bor sudlanişi emas.
2009 yilning 22 aprel kuni JIB Kattaqörğon şahar sudining ajrimiga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi tomonlarning yaraşgani munosabati bilan tugatilgan. (Bu vaqtda N.T. ikkinçi farzandiga homilador bölgan — tahr.).
2015 yil 20 mart kuni JIB Qöşrabot tuman sudi hukmiga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 2 million 368 ming söm jarima jazosi tayinlangan.
2017 yil 11 may kuni JIB Iştixon tuman sudi hukmiga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, oylik iş haqining 15 foizi davlat daromadi hisobiga uşlab qolingan holda, 2 yil axloq tuzatiş işlariga jalb qilinişi jazosi tayinlangan.






















