Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari - Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Özbekiston oltin zaxirasi töğrisidagi ma'lumotlar tez kunlarda e'lon qilinişini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«2018 yil davomida oçiq jamiyat şaroitida yaşaşga örgandik. Bu hammamiz uçun yangilik, bu - prezident siyosati. Xalq bilan muloqot. Bu degani faqat prezident qabulxonasida emas, hamma joyda (muloqot - tahr.) bölişi kerak. Şuning uçun, e'tibor qilgan bölsangiz, Hukumat barça bloklarda, xususan iqtisodiyot bloki haqida gap ketganda, doimiy ravişda hamma ma'lumotlarni oçiq-oydin e'lon qiliş tartibiga ötdi. 

Hozirça berkitilgan heç nima qolmadi. Özbekistonda qança oltin zaxirasi mavjudligi, öylaymanki, yaqin haftalarda e'lon qilinadi. Çunki, u mamlakatning boyligi», - deydi u.

Hozirgaça mamlakat Markaziy banki 2018 yil boşidan buyon oltin-valuta zaxiralari töğrisidagi ma'lumotlarni ommaga e'lon qilib kelyapti. 2018 yil oktyabrda e'lon qilingan ma'lumotga köra, Özbekiston yalpi oltin-valuta zaxiralari 26,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Ulardan xorijiy valutadagi aktivlar - 12,4 mlrd dollar (sentyabrda 12,9 mlrd dollar bölgan), monetar oltin - 13,9 mlrd dollar. Sof oltin-valuta zaxiralari 25,4 mlrd dollarga teng, deya e'tirof etilgandi. 

Oltin-valuta zaxiralari davlatning yuqori likvidligi bilan ajralib turuvçi aktivlaridir. Ular maxsus davlat strukturalari (davlat ğaznasi va markaziy banklari, AQŞda Federal zaxira tizimi) tomonidan nazorat qilinadi. 

Oddiy söz bilan aytganda, oltin-valuta zaxiralari davlatning oltin va boşqa mamlakatlar valutalaridagi rasmiy zaxirasidir. Davlatning oltin-valuta zaxiralari miqdori uning iqtisodiyoti va moliyaviy tizimi holatidan darak beradi, davlatlararo majburiyatlar böyiça tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişini kafolatlaydi. 

Davlat zaxiralari bilan ta'minlaş qator vazifalarni amalga oşiriş imkonini beradi. Ular jumlasiga mamlakat valutasini qöllab-quvvatlaş, davlat siyosatiga işonçni saqlab turiş, pul-kredit vositalarini boşqariş, inqirozli vaziyatlarda karaxtlikka tuşib qolmaslik, mamlakatning işonçlilik reytingini uşlab turiş kabilar kiradi.