Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti töliq upgrade qilingaç, u parvozga qöyildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
24 dekabr kuni «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasiga qaraşli, Moskva-Toşkent yönalişida HY604 reysini amalga oşirgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti parvozi 1 soatu 18 daqiqaga keçikkandi.
Kompaniya «keçikiş»ni yölovçilarni samolyotga çiqariş va havo kemasining muzlaşga qarşi işlovi bilan boğlagan. Dreamliner'ning parvozdan olinişi esa samolyotning qator körsatkiçlar böyiça puxta tekşiruvdan ötkazilişi bilan izohlangandi.
«Me'yordan oğiş aniqlangan taqdirda, samolyot parvozdan olinadi hamda qöşimça tekşiruv yoki ta'mirlaşga jönatiladi», – deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, kelgusida qimmat ta'mirlaş işlarining oldini oliş maqsadida, 24 dekabr kuni dvigatellarini rejali modifikatsiya qiliş (Upgrade) uçun jönatilgan samolyot Niderlandiyaning Amsterdam şahrida mutaxassislar körigidan ötdi. Dreamliner 14 yanvar kuni Özbekistonga qaytgan va parvozga qöyilgan.
Ayni paytda u Dubay, Istanbul, Seul, Sankt-Peterburg, Şarja şaharlariga qatnovni amalga oşirmoqda.
16 yanvar kuni kompaniya aviaparki tarkibidagi boşqa Dreamliner'ning rejali xizmat körsatiş va modifikatsiyaga yöllangani haqida xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, bu borada notöğri ma'lumot tarqalişining oldini oliş maqsadida Uzbekistan Airways tomonidan Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari iştirokida brifing taşkil etiladi.
2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturiga köra, 2019 yilda 2ta yangi Boeing 787 Dreamliner samolyoti xarid qilinadi.

















