Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja tvitterida mijozining ahvoli yaxshi emasligi haqida ma'lum qildi.
«Zangiotadan qaytyapman. Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i to‘liq bint bilan bog‘langan. Hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti. Hushidan ketish holatlari ko‘p kuzatilgan», degan advokat.
#Karimova #Uzbekistan Back from Zangiota. Client in bad shape. High blood pressure. Leg fully bandaged. No medical treatmens. Fainted many times. Basic question to this government : Zangiota, why + until when? Stop this arbitrary detention.
— Grégoire Mangeat (@GregoireMangeat) 17 iyunya 2019 g.
U hukumatdan bu tarzda ushlab turish bas qilinishini so‘ragan.
Greguar Manja aprel va may oylarida ham O‘zbekistonga kelgan va Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasida bo‘lgandi.
May oyi oxirida advokat mijoziga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani va unga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida yozgandi. Bu xabarni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rad etgan va Gulnora Karimovaning ahvoli qoniqarli ekanini ta'kidlagandi.
Bosh prokuratura mart oyi boshida Gulnora Karimova jazoni o‘tash tartibini buzgani uchun qaytadan qamoqqa olingani haqida xabar bergandi.
«IIV Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati taqdimnomasi asosida jazoni o‘tash talabi va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan G.Karimovaga nisbatan tayinlangan jazoning qolgan qismini jinoyat-ijro qonunchiligiga muvofiq umumiy rejimdagi koloniyada o‘tash jazosiga almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqarildi», – deyiladi Bosh prokuratura tarqatgan xabarda.
2017 yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ma'lumot bergan, unga ko‘ra Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, ya'ni birinchi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani















