Bugun, 25 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.

Tadbirda Oliy sud raisining jinoyat, fuqarolik, ma'muriy, iqtisodiy, murojaatlar bilan işlaş böyiça örinbosarlari, AKT va axborot xavfsizligi boşqarmasi va matbuot xizmati boşliqlari iştirok etişmoqda.

Oliy sud vakillaridan sobiq boş prokuror Raşidjon Qodirov işi qanday ketayotgani böyiça ma'lumot söraldi.

«Toşkent şahar sudida Raşidjon Qodirov işi doirasida 13 kişi işi körilyapti. Hozirda sud tarkibi maslahat xonasiga yiğilgan. Qaror tez kunda qabul qilinadi va e'lon qilinadi», deya Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari Xolmömin Yodgorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, iş yopiq tarzda körib çiqilayotgani, ayrim faktlarning sir tutilişi sababli hukm öqilayotgan kuni sud zaliga OAV xodimlari kiritilmaydi.

Oliy sud sobiq boş prokurorga nisbatan çiqarilgan hukmni OAV orqali e'lon qiladi.

Öz navbatida boşqa sobiq boş prokurorlar Ixtiyor Abdullayev va Otabek Murodov böyiça ham savollar berilgan. Oliy sud vakillari bu borada sud böyiça vakolatga ega emasligi, bu işlarni körayotganlar boşqaligini ma'lum qilişgan.

Özbekistonning sobiq boş prokurori Raşidjon Qodirov 2018 yil fevralida qölga olingan edi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 (tovlamaçilik), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) va 210 (pora oliş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ötgan yilning iyun oyida Boş prokuratura sobiq boş prokuror işi böyiça 24 şaxsga nisbatan ayblov e'lon qilinganini bildirgan edi . 2019 yil 7 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida Raşidjon Qodirovga nisbatan yopiq sud jarayoni boşlangan.

Ayni vaqtda iş doirasida qölga olinib, sud qilinayotganlarning rasmiy röyxati yöq. 

2018 yil fevralida jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangani