Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani hokimi Şohmurod Xolboyeviç Donayev lavozimidan ozod etildi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xabariga köra, Boş vazir Abdulla Aripov raisligida snos masalasida ötkazilgan yiğilişda Yakkaboğ tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli ikki qavatli savdo va maişiy xizmat uyini noqonuniy ravişda buzişga bölgan xatti-harakati örnatilgan tartibda örganib çiqildi.

Örganiş xulosalariga köra, tuman hokimi Şohmurod Donayev hamda prokurori Jamşid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Mansur Tuymayev Xurramoviç öz vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oşirgani sababli unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli bandlari asosida jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Yakkaboğ tumani hokimi örinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli binoni ekskavator ruliga ötirib, özi buzmoqçi bölganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan edi.

Saytimizda avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanidagi Eski Yakkaboğ qörğonçasida «Obod qişloq» dasturi böyiça olib borilayotgan işlar va noturarjoy imoratlarining buzilişi va unga tadbirkorlar tomonidan bölayotgan keskin norozilik böyiça suriştiruv va tahliliy maqolalar e'lon qilingan edi.

Bugun, 27 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev bölayotgan voqealar bilan yaqindan tanişiş va mavjud muammolarni hal etiş maqsadida Yakkaboğ tumaniga kelib, «Eski Yakkaboğ» qörğonçasiga taşrif buyurgan va bir guruh tadbirkorlar bilan uçraşgan, ularning muammo va murojaatlarini tinglagan, yakunda tadbirkorning dökoni buzilmaydigan, moddiy zarar qoplanadigan