Özbekiston Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xöjayeva Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga oçiq xat yozdi. Uning matni Sayyora Xöjayevaning Facebook’dagi sahifasida va yuqorida körsatilgan institut rasmiy sahifasida e'lon qilindi.
«Sönggi ikki-uç kun mamlakatimiz kadrlar siyosatidagi böşliqlarni yana bir bor namoyiş etdi. Nima deyişingizdan qat'iy nazar, «kadrlar hamma narsani hal qiladi» degan maşhur ibora bugun ham, ertaga va har doim ham dolzarb böladi. Sizning mansabdor şaxslarga aytgan gaplaringiz şundan dalolat beradiki, hozirga qadar amalda bölgan kadrlarni tanlaş va ularni taqsimlaş tizimi özini oqlamadi hamda «Davlat xizmatçilari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunini qabul qiliş vaqti keldi. Uçala hokim, «snos»lar bilan boğliq sönggi voqealar «qahramonlari»ni siz uzoq vaqtdan beri tanigansiz va ularga işongansiz. Hokimlar sizning odamlaringiz ekani va hamma ularga böysunişi kerakligi haqidagi sözlaringiz barçaning yodida», - dedi u.
Uning fikriga köra, tarixda hokimiyatni suiiste'mol qiliş salbiy natijalarga olib kelişi, ba'zan esa demokratik islohotlarni ilgari surişga xalaqit berişini isbotlovçi misollar juda köp.
«Tan oliş kerakki, ular sizning işonçingizni oqlamadi, aksinça, özining xatti-harakati bilan siz, sizning siyosatingizga pand berdi hamda dunyo hamjamiyati oldida davlat hokimiyatini obrösizlantirdi. Fuqarolar Ş.Ğaniyev, F.Ermanov va boşqa ayrim hokimlarning qonunga rioya qilmaslik, qöpol, ba'zan surbetlarça xatti-harakatlaridan şikoyat qildi. Ammo, ma'lumki, javobgarlikning yöqligi özboşimçalikka olib keladi. Men fuqarolik jamiyatining vakiliman, biz siz va sizning islohotlaringizga işonamiz. Bugun erişgan barça yutuqlarimizni sanab ötirmayman, buning uçun sizga minnatdormiz», - deya ta'kidladi Sayyora Xöjayeva.
Şu bilan birga, uning ma'lum qilişiça, Özbekiston oldinga qarab harakatlanişi kerak.
«Sizga çeksiz işonayotgan xalqaro hamjamiyat ham jiddiy özgarişlar, jumladan, kadrlar siyosatida katta özgarişlarni kutmoqda. Iqtidorli yoşlar juda köp. Ammo stereotiplar ularni ilgari surişga tösqinlik qilyapti. Sizning atrofingizdagi şaxslar asosan «öz odamlari»ni yuqori lavozimlarga olib çiqmoqda, sizga işonadigan hamda Özbekiston eng ilğor davlatlar qatoriga kirişini istaydigan haqiqiy vatanparvarlar tarixdan çetda qolmoqda», - dedi u.

















