Turkiya xalq vakili, iste'fodagi general Şirin Unal Nodira Qodirova işi yuzasidan mamlakat parlamentida ilk daf'a izoh berdi.

Hukmron AK partiyasi vakili köngilsizlik röy bergaç, nimalar bölganini jonli efir çoğida oçiqladi. Bu haqda Twitter tarmoğining Biz10 TV sahifasida ma'lum qilingan.

Video: YouTube

Video: Mover

«Ikki hafta avval xonadonimizda köngilsizlik röy berdi. Sözimning avvalida marhumaga Allohdan rahmat tilayman.

Bu beçora qiz yanvar oyida kelgan bölib, 20 yildan buyon töşakka mixlanib qolgan bemor rafiqamga qarayotgan ikki xizmatkordan biri edi. Keyingi 2-3 oyda unda ruhiy özgarişlar bölayotganini sezib, ikkinçi xizmatçini oldik. Nodira uni ketkazmoqçi edi, özini ketkazdi, Alloh rahmatiga olsin.

Hodisaning 5-daqiqasida politsiya, tez yordam keldi. Ular kelgunga qadar biz kiçik qizim bilan u qamalib olib özini öldirgan xona eşigini oçişga urindik. Yelkam hali ham oğriyapti, afsuski eplay olmadik. 3-4 politsiya xodimi eşikni oçişga urina boşladi va nihoyat oçişdi. Qizni eltgiçga qöyib tezda şifoxonaga yetkazdilar.

Yarim soatlarda Anqara politsiyasi mudiri yonimizda edi. Bir neça daqiqalardan söng navbatçi prokuror ham yetib keldi. Men har ikkisiga qölimdan kelgunça yordam berişimni aytdim.

Oilamizning har bir a'zosi bemor xotinimdan tortib, ikkinçi xizmatçimizgaça, keçaning yarmiga qadar savollarga javob berdik. Prokurorga 15 daqiqa davomida hodisani sizlarga tuşuntirayotganim kabi barçasini sözlab berdim. Söngra prokuror şifoxonaga borib, u yerda ham suriştiruv ötkazdi. 

Men deputatlik daxlsizligim borligiga qaramay, barmoq izlarimni topşirdim, porox izlari bor-yöqligini aniqlaş böyiça amaliyotlarini ötkazişdi. Alloh heç kimning, sizning ham mening ham boşimizga bunday körgulikni solmasin», – degan Unalning sözlari bilan yakunlanadi videolavha.