«Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov feysbukdagi sahifasida kun mavzusi yuzasidan munosabat bildirib, audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmagunça uşbu vaziyatga izoh beriş notöğriligini aytib ötdi.

«Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ovozi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan audioyozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmaguniça uşbu masalada fikr bildirişni töğri deb hisoblamaymiz.

Mavzu böyiça birinçi bölib izoh yoki bayonot beriş Jahongir Ortiqxöjayev va xabarning muallifiga tegişlidir.

Şu örinda jamiyat axborot iste'mol madaniyatining piramida şaklidagi uçta darajasi haqida aytib ötmoqçiman:

Birinçi, eng quyi va eng köp qatlam - axborotni eşitadi va şundayligiça iste'mol qiladi;

Ikkinçi, örta-özgaruvçan, kamayişga moyil qatlam - axborotni eşitadi, özini darajasida tahlil qiladi, munosabat bildirmaydi;

Uçinçi, eng kam, jamiyatni siyosiy tafakkurini körsatadigan qatlam - axborotni eşitadi, tekşirib-tahlil qiladi va munosabat bildiradi.

Jamiyatning mafkuraviy va siyosiy immunitet darajasi uçinçi qatlamning darajasiga tengdir», — deb yozadi Alişer Qodirov öz sahifasida.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni yöq qiliş tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi birinçilardan bölib uşbu audioyozuvga munosabat bildirdi va bu holatni inson huquqlari va uning şa'ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilişi deb hisoblab, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasidan uşbu holat yuzasidan himoyaviy çora körilişini söradi.