6 dekabr kuni Özbekistonning Londondagi elçixonasida «Özbekistondagi islohotlar va parlament saylovlari» mavzusida media anjuman bölib ötdi.
Kun.uz muxbirining Angliya poytaxtidan xabar berişiça, anjumanda Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi Said Rustamov, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijroçi direktori va parlament deputati Eldor Tulyakov, Buyuk Britaniyaning Yevropa va Amerika mintaqalari böyiça sobiq vaziri ser Alan Dunkan spiker sifatida qatnaşdi.

Spikerlar bölajak saylovlarning ahamiyati haqida töxtalgaç, britaniyalik siyosatçilar va ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob qaytardi.
«Özbekiston parlamenti hukumatni tanqid qilayotgani haqida bir neça marta gapirib ötdingiz. Hukumat aynan qanday sabablar tufayli tanqid ostiga olinayotganini ham ayta olasizmi?» deya berilgan savolga senator Sodiq Safoyev javob berdi.

«Boşqalar haqida gapirmoqçi emasman, özim ötgan hafta parlamentda nutq sözlagandim. Unda, qisqa qilib aytganda, hukumat konseptual nuqtayi nazarga ega emasligini ta'kidladim. Ular har kuni 20 soatlab işlaşyapti, lekin bu harakatlarning zamirida uzoq muddatli strategiya yöq. Ular haligaça hukumat tizimini zamonaviy jamiyat talablariga mos qilib özgartira olişgani yöq.
Men avvalo şuni aytdimki, yangi siyosat, yangi maqsadlarni eski tizim bilan hayotga tatbiq etib bölmaydi. Tizimni özgartiriş kerak.
Misol uçun, nega biz hali hamon haqiqiy xususiylaştirişni amalga oşira olmayapmiz? Nega bank tizimimizning 84 foizi davlatga tegişli bölib qolmoqda? Nega monopoliyalar bunça köp? Yirik korxonalarni xususiylaştiriş masalasi nima bölyapti?

Bundan taşqari, hukumatni fiskal markazlaştirilgan tizimdan çiqariş yaxşi işlamayotganini ham savol ostiga qöydim. Ular mahalliy hokimliklarni köproq soliq yiğiş uçun rağbatlantirişyapti, lekin şu bilan bir paytda hokimliklarning mahalliy budjetni idora qilişdagi mustaqilligiga tösiq böladigan u yoki bu dasturlarni ham joriy etişyapti.

















