Vazirning sözlariga köra, koll-markaz “1003” raqami bilan faoliyat olib boradi. Fuqarolar koll-markazga uşbu kasallik böyiça özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilişlari mumkin böladi.
Avvalroq Alişer Şodmonov xorijiy mamlakatlardan charter reyslarda Özbekistonga olib kelinadigan fuqarolar Toşkent viloyatidagi sanatoriylarga joylaştirilişini bildirgandi.
Eslatib ötamiz, 15 mart kuni «Parij-Toşkent» reysi orqali uçib kelgan özbekistonlik yölovçida koronavirus aniqlangani xabar qilindi. Ma'lum qilinişiça, u 11 mart kuni uçib kelgan bölib, aeroportda ötkazilgan birlamçi tekşiruvda bemorda kasallikning heç qanday alomati aniqlanmagan. Keyinçalik, dastlabki simptomlar paydo bölgaç, bemorning özi 14 mart oqşomida Virusologiya instituti laboratoriyasiga murojaat qilib, qon tahlillari topşirgan. Şundan söng zudlik bilan karantinga olingan.


















