Bundan taşqari, elektron raqamli imzo kalitini masofadan turib oliş mexanizmi tatbiq etiladi.

Eslatib ötamiz, karantin davrida pensiya va nafaqalarni faqatgina bank plastik kartalariga ötkaziş tartibi belgilangan. Kartasi bölmagan pensioner va nafaqaxörlarga bank plastik kartalari bepul oçib beriladi.

Pensiya va nafaqalarni töliqligiça bank plastik kartalari orqali amalga oşiriş tartibi quyidagi muddatlarda yölga qöyiladi:

  • 2020 yilning may oyidan – Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida istiqomat qiluvçi fuqarolar uçun;
  • 2020 yilning iyun oyidan – respublikaning barça hududlaridagi fuqarolar uçun.

Bu jarayonda fuqarolardan pasport nusxalari va boşqa hujjatlar talab etilmaydi. Plastik kartalar fuqarolarning ovoragarçiligisiz rasmiylaştiriladi, pensiya va nafaqa oluvçilarning bank bölimlariga borişi yoki ariza berişi talab qilinmaydi.