18 maydan boşlab Toşkent şahridan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga aviaqatnovlar hamda Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi va Farğona vodiysiga temir yöl qatnovi uçun koronavirus infeksiyasiga test topşiriş talabi belgilangan edi.
18 may kuni Respublika maxsus komissiyasi uşbu talabni bekor qildi.
Xabar qilinişiça, bunda aholining karantin şaroitidagi iqtisodiy holati va harakatlaniş vaqtida yölovçilarning ijtimoiy masofa saqlaşiga şaroit mavjudligi e'tiborga olingan.
Şuningdek, fuqarolarning hududlararo harakatlanişida ortiqça noqulayliklar yuzaga kelişining oldini oliş maqsad qilingan.
Endilikda yuqorida körsatilgan reyslar böyiça harakatlanayotgan yölovçilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olingani haqidagi ma'lumotnoma talab etilmaydi.
«Şu bilan birga, avia va temir yöl qatnovlarini taşkil etişda barça karantin qoidalariga amal qiliş, şu jumladan, yölovçilar sonini kamaytiriş, dezinfeksiya qiliş va boşqa sanitariya talablari sözsiz bajarilişi talab etiladi», – deyiladi Maxsus komissiya axborotida.
Eslatib ötamiz, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligining 16 maydagi qarori bilan yölovçilarning test topşirişi narxi 224 ming söm etib belgilangan edi.
Ötgan hafta mahalliy yönalişlardagi avia va temir yöl qatnovlari böyiça vaqtinçalik tartib e'lon qilindi. Unga asosan, yölovçilar havo kemalari va temir yöl vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriladi.

Tana harorati 37 S dan yuqori bölgan yölovçilarga ruxsat berilmaydi, bunday holatlarda çipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Yölovçilarning qatnov vaqtida samolyot salonida va vagonlar böylab harakatlanişi (hojatxonadan foydalaniş holatlari bundan mustasno), himoya niqoblari va qölqoplarni yeçişiga ruxsat berilmaydi (yölovçilarning suv içiş holatlari bundan mustasno).


















