Hududga navbatdagi safarlarimizdan birida mirzaobodlik onaxon bilan qisqa suhbat qurdik. Onaxon buzilgan hovlisida idişlarni yuvib, loydan tozalaş bilan band edi.
«Kenja öğlim bor, 1995 yilda tuğilgan. Şuni uylaş uçun yiğganlarim bor edi.
Ikki kundan beri idiş-tovoqlarimni yuvyapman, lekin körpa-töşaklarimni olmayman. Olmanglar, hozir bölmasa ham, keyinçalik kasallik keltirib çiqaradi, deyişyapti. Faqat idiş-tovoqlarni yuvib, xlorlab, tozalab olsam böldi. Oldimda töy bor, kiçik öğlimning töyi», deydi onaxon.
Töy qaçon, degan savolimizga: «Qani, uy bitsin-çi, xudo xohlasa yangi «uçastka»ga kelin tuşiramiz. Kelinni endi topamiz. Uy bitaversin, yöq uyga kelin topib olib, qiynalib yurmaylik», deya jilmayib javob berdi suhbatdoşimiz.
20 may kungi suhbatimizda onaxon ofat jabrlanuvçilariga beriladigan 40 million söm pulni hali olmaganini aytdi.
«Hali olganim yöq. Keça öğillarim borsa, familiyamiz çiqmabdi. Berib qolar... Peşonamizga yozilgan bölsa, olamiz.
Dom beradi, deyapti. Ikki öğlim bilan turaman. Bir öğlimning ikki bolasi bor: xotini va bola-çaqasi bilan ularga dom berişsa yaxşi bölardi.
Beradigan 40 millioniga şu yerga hovli solsam, kiçik öğlim bilan qolardim.
Guliston şahridagi maktab-internatda yaşayapmiz. Faqat uyimizga intilib, yegan-içganimiz içimizga tuşmasdan ozgina qiynalib turibmiz», – deydi onaxon.

Eslatib ötamiz, 1 mayda «Sardoba» suv omborida röy bergan texnogen ofat oqibatlarini bartaraf etiş işlarini prezident Şavkat Mirziyoyev şaxsan nazorat qilib bormoqda. Davlat rahbari Sirdaryoga bir neça marotaba borib, aholi bilan muloqot qildi va uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta'mirlab berilişini ta'kidladi.
Xususan, toşqindan zarar körgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga prezidentdan 40 million sömlik moddiy yordam va maişiy texnikalar töplami (televizor, muzlatgiç, kir yuviş maşinasi, minipeç, elektr çoynak va dazmol kabilar)dan iborat sovğalar berilişi

















