Özi nima gap?

Gap şundaki, ötgan yili parlamentda 2020 yilgi davlat budjeti xarajatlari muhokama qilinganda, mamlakatdagi ijtimoiy obektlar, xususan, maktab, boğça va tibbiyot muassasalari tezkor internet bilan ta'minlaş böyiça rejalar va budjetda buning uçun közda tutilayotgan xarajatlar taqsimoti körib çiqilgan edi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 21 noyabr kuni bölib ötgan majlisida 2019 yil oxirigaça maktablarning 4152tasi (40 foiz) internet bilan ta'minlanişi, 2020 yilda esa 4367ta, 2021 yilda qolgan 1600ta maktabga optik tolali internet yetib borişi rejalaştirilgani ma'lum qilingan edi.

Deputat Rasul Kuşerbayev öşa paytda maktablarning atigi 31 foizi optik tolali internet bilan ta'minlanganiga e'tibor qaratib, 2020 yilga möljallangan davlat budjetida bu körsatkiçni 100 foizga yetkazişni taklif qilgandi.

Moliya vazirligi boş boşqarma boşliği Nodir Musliddinov deputatning sözlariga javoban 2020 yilda umumta'lim maktablarining internet xarajatlarini qoplaş uçun 4,4 mlrd söm ajratiş közda tutilgani, 2020 yilda maktablarni töliq internet bilan qamrab oliş uçun qöşimça xarajatlar talab etilsa, Moliya vazirligi bu mablağni topib berişi, bu masalada muammo bölmasligini aytgandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Bahromjon Olmatov 1600ta maktabni internet bilan ta'minlaş böyiça 2021 yilga rejalaştirilgan masalani qayta körib çiqib, 2020 yilning özida barça maktablarga optik tolali aloqa liniyalarini yetkazib beriş uçun barça imkoniyatlar işga solinişini ma'lum qilgandi.

Eng qiziği, parlament muhokamasiga qadar Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov oktabr oyida Moskvada bölib ötgan «Oçiq innovatsiyalar-2019» forumida 2020 yil oxirigaça mamlakatdagi barça maktablar, maktabgaça ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari optik tolali internet bilan qamrab olinişini aytgandi. Biroq hukumat rahbarining sözlari 2020 yilda qilinişi rejalaştirilgan budjet xarajatlariga mos kelmagan. Bundan kelib çiqadiki, mutasaddilar boş vazirning xalqaro maydondagi çiqişidan yoki bexabar bölişgan yoki «Oçiq innovatsiyalar-2019» forumidagi va'da nomigagina berilgan. Hukumat rahbari va a'zolari örtasidagi «tuşunmovçilik»ka bundan boşqaça izoh berib bölmaydi.