Boş prokuraturada bölib ötgan brifingda qamoqxonalar va manzil koloniyalaridagi tibbiyot bölimlari jazoni ijro etiş muassasalariga böysunişi, bu esa mahkumlar qiynoqqa solinganda yoki ularga nisbatan ğayriinsoniy tazyiqlar qöllanganda, ma'lumotlarni yaşiriş imkoni mavjudligi jurnalistlar tomonidan söroq ostiga olindi.
IIV boşqarma boşliği Jamşid Sultonov uşbu muassasalardagi tibbiyot bölimlari nima uçun SSV tasarrufiga berilmasligi ma'lum qildi.
“Mahkumlarga tibbiy yordam faqat tazyiq ötkazilganda körsatilmaydi. Jazoni ijro etiş muassasalaridagi tibbiyot bölimlari nega hududiy tibbiyot boşqarmalariga berilmaydi degan savolingizdan kelib çiqmoqçi edim. Birinçidan, jazoni ijro etiş muassasasining özi alohida qöriqlanadigan obekt hisoblanadi. Ikkinçisi, jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlar tunu kun öşa yerda böladi. Keçasi yoki zarur holatda tizimning mutaxassisi çaqirilguniça vaqt yöqotilişi mumkin. Şuning uçun mahkumlarga ertayu keç yordam körsatiladi.

Tazyiq ötkazilgan holatlar böyiça töxtaladigan bölsak, mahkumlarga tan jarohati yetkazilganligi holatlari böyiça zudlik bilan prokuratura organlariga xabar beriladi. Prokuratura organlari tomonidan tezkor tekşiruv guruhlari jalb qilinadi. Jazoni ijro tizimi xodimlariga aloqasi bölmagan xodimlar tomonidan mahkum ekspertizadan ötkaziladi. Soğliğining holati böyiça ekspertidan ötkaziladi. Tan jarohatlari bölsa, ular ekspertizadan ötkaziladi. Xulosalar tayyorlanib, prokuratura organlariga topşiriladi.
Kelgusida tergov va boşqa tergov-protsessual harakatlar prokuratura organlari tomonidan amalga oşiriladi. Mahkumlar tomonidan misol uçun aytadigan bölsak, bir yil davomida 100 ming holatda tibbiyot yordami körsatilsa, bitta-ikkita holatda tazyiq bilan boğliq bölsa, unda prokuratura organlariga berilgan xabar böyiça tezkor guruhlar jalb qilinadi”, deya Jamşid Sultonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
IIV Probatsiya xizmati boşqarma boşliği örinbosari Ikrom Fozilovning qöşimça qilişiça, yangi tahrirdagi jinoyat ijroiya kodeks loyihasida jazoni ijro etiş muassasalar faoliyati ustidan 8ta nazorat turi belgilanayotgani, ularning orasida tibbiy nazorat ham borligini ta'kidladi.

















