Davlat test markazi Çet tilini biliş va egallaş darajasini baholaş boşqarmasi bergan ma’lumotga köra, 2019/20 öquv yili avvalida OTMlarning bakalavriat ta’lim yönalişi uçun hujjat topşirgan 1 066 926 nafar abituriyentning 11 250 nafarida çet tili böyiça imtiyoz beruvçi sertifikat bölgan.
Mazkur sertifikatlarning asosiy qismini IELTS va DTM imtihoni asosida beriladigan CEFR milliy sertifikati taşkil qilgan.
DTMda ingliz tilidan taşqari yana 13ta til uçun imtihon asosida milliy sertifikat beriş tizimi bor.
Imtiyoz uçun talab qilinadigan daraja
2020/21 öquv yilidan boşlab, fanlar majmuasiga çet tili kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlaridan birini tanlagan abituriyent imtiyoz olişni xohlasa, til böyiça B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega böliş talab etiladi.
Agar abituriyent V2 va undan yuqori darajaga ega bölsa, unga uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Ötgan yil bilan soliştirganda
2019/20 öquv yilida çet tili birinçi fan bölgan ta’lim yönalişlari uçun DTM tomonidan berilgan çet tilini biliş töğrisidagi sertifikat (milliy sertifikat) yoki IELTS (5,5), TOEFL IBT (72 ball) xalqaro imtihon tizimlari böyiça V2 va undan yuqori til biliş darajasi talab qilingan.
Çet tili asosiy fan bölmagan ta’lim yönalişlari uçun esa mos ravişda IELTS imtihonidan 4,5, TOEFL IBT’dan 42 ball, SEFR imtihonidan V1 va undan yuqori daraja söralgan.
«Barça tillar uçun B2 daraja zarur va istisnoli holat mavjud...»
2019 yil 13 maydagi prezident qaroriga binoan, 2020/21 öquv yilidan boşlab, test sinovlari majmuasiga çet tili kiritilgan barça bakalavriat yönalişlari uçun sertifikatdagi til darajasi bir xil (birinçi, ikkinçi fanga qarab darajalanmaydi) etib belgilangan.
Bunda barça bakalavriat yönalişlariga ingliz tili uçun milliy sertifikat yoki IELTS (5,5), TOEFL IBT (72), Cambridge Assessment English FCE uçun V2 va undan yuqori daraja talab etiladi.
Lekin istisnoli holat şundaki, 2019 yilga qadar DTMdan olingan milliy sertifikatning amal qiliş muddati uşbu sertifikatning amal qiliş muddati davrida saqlab qolinişi ham qarorda közda tutilgan.


















