https://ok.ru/videoembed/1578690546367
«Ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan holatlarning barçasi böyiça hujjatlar rasmiylaştirildi, qonuniy çora köriş uçun prokuraturaga berildi», – dedi Mamatov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Vazirning sözlariga köra, 10 iyuldan 1 avgustgaça yana qat'iy karantin e'lon qilingaç, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari faoliyati tiklangan.
«Endi biz maxsus işçi guruhimizni taşkil qildik. Hozirgi kunda kimga oziq-ovqat, dori-darmon yetkazib berilişini mahallalar kesimida şakllantirib oldik.
Tizimimizga korrupsiya holatlari aralaşişiga yöl qöyilmaydi. Şoli kurmaksiz bölmaydi, lekin agar kam ta'minlangan fuqaroning rizqiga köz olaytiradigan odam mahalla tizimida işlaydigan bölsa, biz uni albatta işlatmaymiz va qonuniy çoralarni köramiz», – dedi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri.
Avvalroq, vazirlik muhtojlik darajasi öta yuqori bölgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi röyxatini şakllantirgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib ötamiz, 20 kunlik karantin davrida 120 mingga yaqin muhtoj oilaga yordam körsatiş uçun 20 mlrd söm ajratilgan.
Karantin davrida yordamga muhtoj fuqarolar qayerga murojaat qilişi mumkinligi ma'lum qilindi

















