«Bugungi kunda bemorlar sonining ortişi, şu bilan birga, Toşkent şahrining özida kasallikning klinik belgilari paydo bölgan şaxslarning bir neça barobarga köpayişi natijasida muayyan qiyinçiliklar yuzaga keldi. Buning sabablaridan yana bittasini aytişimiz kerakki, integratsiya jarayonida keçagina Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği çiqdi. Şu asosda Toşkent şahrida COVID-19 infeksiyasini boşqariş böyiça situatsion aloqa markazi faoliyat yurita boşladi.
Bu Toşkent şahrida, markaziy ştabda Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği, tumanlarda esa soğliqni saqlaş bölimlari rahbarlari iştirokidagi ştabga uçta asosiy masala topşirildi. Oilaviy böladimi yo köp tarmoqlimi, bundan qat'i nazar, har bitta poliklinika qoşida mobil guruhlar taşkil etildi.
Mobil guruhlar uç kişidan iborat: infeksionist, epidemiolog va umumiy amaliyot şifokori. Guruhlar çaqiruvga asosan koronavirus infeksiyasi simptomlari kuzatilgan bemorlarning uylariga borişadi. Agar bemorda çindan ham koronavirusni yuqtirganlik alomatlari kuzatilsa, telefon orqali tuman, hudud yoki respublika darajasidagi COVID-19’ga olinadigan tahlillar uçun diagnostika qilişga maxsus tibbiyot brigadasini çaqirtiradi.
Bemorning koronavirusga çalingani tasdiqlansa, uy şaroitida emas, balki şifoxona şaroitida davolaşni inobatga olgan holda Toşkent şahridagi koronavirus bemorlarini davolaşga ixtisoslaştirilgan 6ta şifoxonaga yönaltiriş böyiça topşiriq berildi. Endi koronavirus alomati kuzatilgan bemorlar test topşiriş yoki şifoxonada davolaniş uçun sarson bölmaydi. Toşkent şahri aholisining tanqidlaridan söng uşbu özgarişlar qabul qilindi», deya Anvar Alimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bahodir Yusupaliyev koronavirus simptomlari bor fuqarolar qanday yöl tutişi kerakligini aytdi
U, şuningdek, SSVning yuqoridagi buyruği bilan 24 soat işlovçi Toşkent şahri va Toşkent viloyati aholisi uçun xizmat körsatadigan 1105 raqamli Call-markaz taşkil qilingani, respublika böyiça 1003 raqamli Call-markaz faoliyat körsatayotganini aytib ötdi.
«Call-markazlar aholidan kelib tuşgan barça sörovlarni Toşkent şahrida COVID-19 infeksiyasini boşqariş böyiça situatsion aloqa markaziga yuboradi. Situatsion aloqa markazi tahlillar ötkazib, gospitalizatsiya yoki tahlil oliş uçun mobil guruhlarning işini muvofiqlaştiradi», deydi Anvar Alimov.


















