2020/21 öquv yili uçun OTMlar bakalavriatiga kiriş test sinovlari oçiq maydonlarda taşkil etilayotgani sababli, abituriyentlar test sinovlariga boş kiyim (kepka) bilan kelişlari mumkin, deb ma'lum qildi Davlat test markazi.
Avvalroq imtihonga kirişdan oldin abituriyentlarga tibbiy niqob va qölqop bilan birga oq rangli kepka ham berilişi aytilgan edi.
Ma'lumot uçun, test sinovlariga pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan keliş söralgan.
Eslatib ötamiz, imtihonlar 2 smenada ötkaziladi. 1-smena 08:00dan 11:00gaça, 2-smena esa 17:00dan 20:00gaça davom etadi.
Ertalabki smenada soat 6:30dan boşlab, ikkinçi smenada esa soat 15:30dan boşlab sektorlarga kiritiş işlari boşlanadi.
Abituriyentlar imtihon vaqtidan kamida yarim soat oldin öz örnini egallagan bölişi kerak. Keçikkanlar imtihonga kiritilmaydi.


















