Bugun, 13 sentabr kuni esa OTMlarga kiriş imtihonlarining oxirgi kuni hisoblanadi. Quyida biz abituriyentlardan eng köp kelib tuşayotgan savollarga javoblarni keltirib ötamiz.
Natijalar qaçon aniq böladi?
Ayni paytda abituriyentlar özlari töplagan ballarini imtihonning ertasigayoq bilib olişmoqda. Biroq abituriyent qaysi örinda turganini biliş imkoniyati hali yaratilmadi.
Agar ob-havo şaroiti tösiq bölmasa, tana harorati yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uçun 17 sentyabrda alohida imtihon taşkillaştirib beriladi.
Istisno tariqasida taşkillaştiriladigan imtihon 17 sentyabrda tugasa, kamida öşa kuni yoki undan oldinroq abituriyentlar töplagan baliga köra qaysi örinda ekanini bilib olişi mumkin böladi.
18 sentyabrdan boşlab esa natijalar umumlaştirilib, tartiblaş işlari boşlanadi.
Söng bir hafta içida – 24 sentyabrgaça bölgan vaqtda tanlov natijalari, ya'ni abituriyentlarning talabalikka qabul qilingani haqidagi natijalarni e'lon qiliş rejalaştirilgan.
Natijasidan norozi abituriyent nima qiladi?
Test sinovlari natijasidan norozi abituriyentlar Davlat komissiyasi belgilagan muddatda Davlat test markazida taşkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron şaklda apellyatsiya şikoyatini beriş huquqiga ega.
Davlat test markazi apellyatsiya şikoyatlarini ham onlayn qabul qiliş ustida işlanayotganini ma'lum qilgan.
Apellyatsiya uçun arizalar test sinovlari töliq yakunlangandan söng 10 kun muddatda qabul qilinadi. Abituriyent apellyatsiyaga xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi talab etiladi.


















