Bunday holat Toşkent davlat yuridik universitetiga qabul jarayonida kuzatildi. Aslida bunday bölişini taxmin qiliş mumkin edi, sababi, bu universitetga 100 foiz natija körsatgan abituriyentlar töğrisidagi gaplar hali natijalar e'lon qilinmay turiboq tarqalib ulgurgandi.

Bu taxminlar tasdiğini topdi va bir qator abituriyentlar çindan ham barça savollarga töğri javob topganlari holda faqat tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilingani ma'lum böldi. Mazkur holat ortidan abituriyentlar pul tölay olmasalar, har qança bilimli bölmasinlar talaba böla olmasliklari rasman tasdiğini topdi.

Ya'ni test tizimi joriy etilgan 1993 yildan beri muntazam qöllanadigan «Biliming bölsa albatta kirasan, grantda öqiysan» degan aksioma 2020 yilga kelib çil-çil sindi.

Töğri, Davlat test markazi bu holatning sababini rasman izohlab berdi. Unga köra, imtiyozlarga ega bölgan abituriyentlar uçun alohida kvota ajratilmagani, ular imtihonsiz qabul qilinişgani tufayli şunday holat yuzaga kelgan.

Ammo bundan keyin yana bir qator savollar tuğiladi – deylik, imtiyozlilar soni 15-20 nafar bölsa, bu amalda barça örinlarni ular egallaşini anglatadimi? Yoki imtiyozlilardan keyin qolgan tölov-kontrakt asosida qabul qilinuvçi örinlar soni 15ta bölsayu, 100 foiz natija körsatganlar 25 nafar bölsa, bunday vaziyatda qanday yöl tutiladi?

Albatta, bular şunçaki nazariya va bu savollarga öziga yaraşa javob ham topiş mumkindir. Biroq şu yilgaça 100 foiz natija körsatib ham grantga qabul qilinmaslikni kimdir tasavvur qila olarmidi, hatto nazariy jihatdan ham şunday holat öylab körilganmidi?

Aytilişi mumkin – ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurgan, 100 foiz natija körsatgan abituriyentlar tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganku, e'tirozga örin yöq, deb.