Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi departament boşliği Mixail Anisimov «Rossiya-Özbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va hamkorlik» onlayn-konferensiyasida qilgan çiqişida aytdi.
«Özbekistonga dekabrda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvçi maqomi beriladi», — dedi Anisimov.
Hozirda YeOIIda Moldova kuzatuvçi maqomiga ega.
Eslatib ötamiz, şu yil 24 yanvarda Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida YeOII masalasida öz fikrini bildirgandi. Özbekiston prezidenti gap a'zolik emas, hamkorlik töğrisida ketayotganligini ta'kidlagandi.
«Biz, albatta, uşbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib çiqib, uning xohiş-irodasiga tayanamiz», degandi Özbekiston rahbari.
6 mart kuni Vazirlar Mahkamasida mamlakatning YeOII bilan hamkorligi yuzasidan olib borilgan tahliliy va kompleks baholaş işlari yakuni böyiça tegişli xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga kiritiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Hukumat YeOIIga kuzatuvçi-davlat sifatida qöşilişga qaror qildi.
26 mart kuni parlamentda YeOII bilan hamkorlikni tahlil qiliş uçun barça partiyalar vakillaridan iborat işçi guruhi tuzildi.
Aprel oyida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi kuzatuvçi-davlat maqomida YeOII bilan hamkorlik qilişga ovoz berdi. Unda qatnaşgan 132 deputatdan 86 nafari buni yoqlagan, 32 nafar deputat qarşi bölgan, 14 nafari esa betaraf ovoz bergandi.
May oyida esa masala Senatda ham ovozga qöyilib, tasdiqlandi. 71 senator YeOII kuzatuvçisi bölişni yoqlab ovoz bergan bölsa, 16 senator qarşi çiqdi, yuqori palataning 4 a'zosi betaraf qoldi.

















