«Sönggi yillarda mamlakatimizda köplab islohotlar amalga oşirib kelinmoqda, barça muammolar birdaniga hal etilmagan bölsa-da, sekin-asta bartaraf etib borilmoqda. Misol uçun, bir neça yillar avval plastik kartoçkadagi pulni naqdlaştiriş katta muammo bölgan bölsa, hozir buni muammo deb bölmaydi. Yoki konvertatsiya, ya'ni valuta ayirboşlaş, onlayn davlat xizmatlarining joriy etilişi, «OVIR», propiska tizimlari isloh qilinişi, bank tizimi islohotlari… Sanasak yetarliça davom etişimiz mumkin. Lekin...

Bugun Özbekiston böylab energiya inqirozi keçmoqda. Aynan öta oğir keçgan 2020 yildan söng, har yilgidan-da sovuq kelgan qiş mavsumida energiya inqirozi barçani qiynamoqda! Bu holat nafaqat aholi orasida keskin norozilik, ijtimoiy inqirozni keltirib çiqarmoqda, balki iqtisodiy faollikni susaytirmoqda hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ötkazmoqda. Eng açinarlisi, energetika sohasidagi muammolar oxirgi yillarda olib borilgan barça ijobiy özgarişlarni «yuvib yuboryapti».

Endi öylab köring, sovuq qiş, katta oila, na gaz, na elektr bor! Oilaning keksa insonlari yoki çaqaloqlar sovuqdan qaltirab ötirsa, oilaning yoşlari har qança urinmasin uyini isitişga, ularning farovon hayotini ta'minlaşga imkoniyati bölmasa, bunday odamlarga islohotlarning nima keragi bor? Bu odamlar uçun har qanday islohotlar, har qanday qonunlar, qöpol qilib aytganda, bir tiyin!!! ULAR SOVUQDAN QIYNALIŞMOQDA. Bunday holatda ularga faqat bir narsa kerak, ENeRGIYa TA'MINOTI!

Şu kunlarda menga saylov okrugimdan bölayotgan har 10 ta murojaatdan 9 tasi aynan elektr va gaz muammosi töğrisida bölmoqda. Murojaatlar böyiça şahar, viloyat, respublika mutasaddilari kimni ayblaşni bilmaydi, bir-biriga soladi! Eng oxirgi javob esa, qayerdadir avariya bölgan va yaqin kunlarda hammasi yaxşi böladi degan va'da bilan çeklaniladi!

Energetika vazirligi esa 30 yildan beri sohaga investitsiya kiritilmagani haqida dardini doston qiladi. Unday bölsa, 2020 yil 3-çorak yakuni böyiça Energetika sohasiga yönaltirilgan davlat taşqi qarzining 28 foizi yoki 5,1 mlrd dollar mablağlar qani? Ularni qanday sarflaşmoqda?

Misol uçun, umumiy qiymati 1,2 mlrd dollar bölgan Namangandagi Töraqörğon IES işga tuşirilsa, vodiyda elektr ta'minotida muammo qolmaydi, deb hammani işontirişgandi. Lekin Töraqörğon IES ötgan yili işga tuşgan bölsa-da, vodiyda elektr ta'minotida ijobiy özgariş bölmadi-ku.

Töğri, men bu sohaning mutaxassisi emasman, ehtimol tuşunmasman. Lekin nahot oxirgi 4 yil davomida sohada sezilarli ijobiy özgariş qilib bölmasa? Aholining talabi kundan kunga ösib bormoqda, nima uçun yil davomida şunga qarab harakat qilmaymiz? Elektron hukumat, onlayn xizmatlar, raqamli iqtisodiyot deymiz, lekin energiya bölmasa, bulardan nima naf? Qaysi islohot effekt beradi bu holatda? Bunday holat oldimizdagi saylov yilida röy berişini qanday tuşuniş mumkin? Yoki bu davlat rahbarining olib borayotgan siyosatiga qarşi atay uyuştirilayotgan «sabotaj»mi?