Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda Azon.uz sayti boş muharriri Abdulaziz Muborak sayt faoliyatiga bölayotgan bosimlar ortidan işdan ketişini e'lon qildi. Saytga bosim qilayotgan taşkilot nomini eşitib hayron qolmasa ham böladi, lekin taşkilot mas'ul xodimi saytdan oldirib taşlaşni talab qilayotgan maqolalar odamni hayron qoldiradi.

Maqolalarning birida Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi mahallalardan birini qorilar mahallasi sifatida ixtisoslaştiriş haqida gapirgan bölsa, yana birida 2016 yilda Şavkat Mirziyoyev hukumatga kelgaç diniy sohada tiklangan huquq va erkinliklar yoritilgan.

Qiziq emasmi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari prezident Şavkat Mirziyoyevning xayrli takliflari yoritilişini va qilgan işlari e'tirof qilinişini xohlamayotgan böladimi, şunda? Nahotki, Dilşod Eşnayev bugungi bölayotgan özgarişlarga, prezidentning oçiqlik va erkinlik siyosatiga qarşi bölsa?

Din işlari böyiça qömita bergan rasmiy bayonotda, qömita Azon.uz saytida e'lon qilingan maqolalarni oldirib taşlaş böyiça topşiriq bermagani aytilgan.

Azon.uz muassisi, diniy olim Mubaşşir Ahmad qömitaning uşbu bayonotidan söng Facebook'dagi sahifasida jonli efirga çiqib, Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Dilşod Eşnayev 3 fevral kuni unga qönğiroq qilib, çindan ham haqoratlaganini ta'kidladi.

Azon.uz sayti muassisi Mubaşşir Ahmad (öngda) va sayt boş muharriri Abdulaziz Muborak (çapda)