2021 yil 9 fevral kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasining kengaytirilgan majlisida «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun körib çiqildi.
Xabar qilinişiça, mazkur hujjat davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solişda oçiq va şaffof tizimni yaratiş uçun muhimdir.
Yiğilişda iştirokçilar bugungi kundagi xarid qiliş tartibining nazorati talabga javob bermasligi, sohadagi qoidalarga rioya etmaslik holatlari köpayib borayotganini aytişgan.
Masalan, 2019 yilda 729ta holatda buyurtmaçilar tomonidan berilgan buyurtmalar böyiça tender savdolari ötkazilmasdan 2 milliard 908 million sömlik bitimlar tuzilişiga yöl qöyilgan.
Yangi qonunda davlat xaridlariga yönaltiriladigan budjetlar mablağlari va boşqa markazlaşgan manbalardan, hukumatning kafolatlangan kredit resurslaridan samarali foydalaniş, davlat sektorini zarur tovar, iş va xizmatlar bilan ta'minlaşda qisqa muddatlarda «narx-sifat» körsatkiçlarini uyğunlaştiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşişda samarali natijalarga erişiş belgilanmoqda.
Avvalroq, deputat Doniyor Ğaniyev «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlis palatalari tomonidan körib çiqilayotganini ma'lum qilgan edi. Palata vakili öz sözida yangilangan qonun bilan davlat xarid qoidalarini buzgan şaxslarga javobgarlik çoralarini qöllaş, hujjatda tenderlar onlayn va şaffof tarzda ötkazilişi belgilanayotganini aytgan.
Ma'lumot uçun, yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun loyihasi 8 oktyabr kuni parlamentga kiritilgan. Moliya vazirligi boşqarma boşliği Gulnora Rahimova esa qonun loyihasida nazarda tutilgan özgarişlar va yangiliklar haqida Kun.uz'ga gapirib bergandi.
Eslatib ötamiz, yaqinda hukumat qarori bilan xorijda işlab çiqarilgan 529 xil mahsulotning davlat xaridlaridagi iştiroki taqiqlandi. Adliya vazirligi bunga izoh tariqasida pandemiya davrida faoliyatida uzilişlar bölgan tadbirkorlar faoliyatini yaxşilaş uçun davlat organlari va taşkilotlari ehtiyojlari uçun mahalliy tadbirkorlar mahsulotlaridan foydalanilişini

















