Samarqandda yuk maşinasi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy berdi. Oğir yuk ortib ketayotgan yuk maşinasi yöl çetiga tirkamasi bilan birga ağdarilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB ma'lum qilmoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yil 23 mart kuni soat 08:05 larda M-37 Samarqand–Aşxobod xalqaro avtomobil yölining 40-kilometrida Samarqand–Buxoro yönalişida harakatlanayotgan yuk maşinasi haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yölning çet qismiga ağdarilib ketgan. Natijada uning ustidagi yuklar tökilgan. Mazkur yuk maşinasida 1 nafar haydovçi bölgan va sodir bölgan yöl-transport hodisasida unga şikast yetmagan.

Ta'kidlanişiça, uşbu yöl-transport hodisasi Oqdaryo tumani IIB YHXB tomonidan qonuniy tartibda rasmiylaştirilgan va yuk maşinasi hamda uning tirkamasi maxsus texnikalar yordamida önglab qöyilgan.