Toşkent moliya institutida darslar 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy şaklga ötkaziladi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar qildi.
Ta'kidlanişiça, bu koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida amalga oşirilgan.
Xabarga köra, 2 haftalik masofaviy ta'lim talabalar uçun e'lon qilinmoqda, institut professor-öqituvçilari karantin qoidalariga rioya etgan holda vazifalarini olib borişadi.
- Özbekistonda mart oyi örtalariga kelib epidemiologik vaziyat yomonlaşa boşladi. SSV ma'lumotiga köra, 24 mart kuni kunlik ösiş böyiça yil boşidan buyon eng yuqori natija qayd etildi (138ta yangi kasallaniş holati), şuningdek, Toşkent şahrida kunlik kasallaniş körsatkiçlari sönggi oylarda ilk marta yuzdan oşdi. Poytaxtda koronavirusga çaliniş holatlari, asosan, öquvçilar, talabalar va taşkilot xodimlari orasida köpaygan.
- Avvalroq Toşkent transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta'limga ötkazilgani xabar qilingandi. Şuningdek, Toşkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ikki hafta karantinga yopilgandi.


















