Quvada tibbiy niqob taqmagani uçun uşlangan yigit: uning ölimiga nima sabab böldi?
|04:46 / 05.04.2021135 5677 min
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Quva tumanida tibbiy niqob taqmasdan köçada yurgani uçun 20 yoşli Ahror Anvarovning öz mahallasida içki işlar xodimlari bilan tortişib qolib, IIB binosiga olib kirib ketilgani va u yerdan yigitning öligi çiqqani haqida xabar tarqaldi.
Kun.uz muxbiri masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Quva tumani «Paxtakor» MFY Yoşlik köçasi 289-xonadonda bölib, marhumning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
Marhum Ahror Anvarovning otasi Yorqinjon Xalilov hozir intervyu berişning mavridi emasligi, 3-4 kun ötib Kun.uz muxbiriga özi çiqib vaziyat haqida batafsil ma'lumot berişini bildirdi.
Marhumning uyi
Marhumning amakivaççasi Lutfiyor Xalilovning ma'lum qilişiça, amakisining 3 nafar farzandi bölib, Ahror Anvarov oilada kenja farzand bölgan.
Marhumning amakivaççasi Lutfiyor Xalilov
Yorqinjon Xalilovning tönğiç qizi turmuşga çiqib ketgan, örtança öğil Ahmadjon Anvarov (marhumning akasi) Farğona politexnika institutining 4-kurs talabasi. Bundan 7 oy muqaddam u uzum qirqayotib balanlikdan boşi bilan pastlikka qulab tuşgan. Baxsiz hodisa tufayli u şu kungaça öziga kelmay, şifoxonada koma holatida yotgan. Şu sabab oila öz halovatini yöqotgan. Ota va marhum Ahror şifoxonada komadagi Ahmadjonning yonida bir kundan navbatçilikda turişgan.
«31 mart kuni jiyanim şu mahallada iş joyiga, ya'ni sexiga çiqib ketayotganida yölda uçastka nozirlari bilan maska taqmagani uçun tortişib qolişgan. Şundan keyin jiyanimni nozir öz maşinasiga solib xizmat xonasiga olib ketgan. Nozir xonasida 10-15 daqiqa tuşuntiriş işlari olib borgan.
Tez orada amakilarim va marhumning otasi Yorqinjon Xalilov ham nozir xonasiga borib yiqilgan bola tufayli oiladagi vaziyat yaxşi emasligini tuşuntirişgan.
Ahror Anvarovning uçastka inspektori Oybek Mahmudov tomonidan 31 mart kuni telefonga olingan fotosurati
Mavzuga oid
Yorqin aka öğli nomidan uçastka noziridan keçirim söragan. U yerda heç kim jiyanimni urmagan. Töpolon, janjal sodir bölmagan. Tuşintiriş işlari olib borilganidan söng, bayonnoma tuzilmagan. Tomonlar kelişib hamma öz uyiga tarqalgan»,
— deb hikoya qildi Lutfiyor Xalilov.
Bu voqeadan ikki kun ötib, 2 aprel kuni Ahror Anvarov vafot etadi. Amakivaççasi hodisani şunday esladi.
«2 aprel kuni jiyanim, sexidagi ustalarga ovqat berib, u yerdan çiqib tekis yölda yiqilgan. «Tez yordam» maşinasida şifoxonaga olib ketişgan. Biroq uning şifoxonada joni uzilgan. Hodisa röy bergaç, menga bu haqda xabar qilişdi. Şifoxonaga yetib bordim. Körsam — haqiqitda jiyanimning yuzlari şilinib yotgan ekan», — dedi Lutfiyor Xalilov.
L.Xalilov şundan keyingi voqealarni hikoya qila turib, jiyaniga jismoniy tazyiq bölmaganini ta'kidladi.
«Prokuraturadan kelişdi. Uni ekspertizaga olib bordik. Murdani 1 soatdan ortiq vaqt davomida tekşirişdi. Ötkir yurak yetişmovçiligi taşxisi berişdi. Tanasida jarohat örni yöq deyişdi. Ötkir aka degan vraç urgan, qiynoqqa solingan holat yöq, deb aytdi.
Jiyanimga IIB xodimlari tomonidan tazyiq bölmagan. Uni kiyimsiz holatida kördim. Jasadni yuvişda özim qatnaşdim. Tanasida jarohat izi yöq edi. Muşt yoki tepki yesa heç bölmasa qontalaş bölardi. Tanasida bunday belgilar yöq edi», — dedi u.
Marhumning qarindoşi Ahror Anvarov vafot etgunga qadar soğlom bölgani, biror kasallikdan şikoyat qilmaganini ham aytib ötdi.
«Ahror soppa-soğ edi. Kasal bölib yurganini bilmaganman. Şlakablok sexi oçişib, 2-3 nafar bollar bilan işlab yurişgan edi. Voqeadan keyin IIB va prokuratura xodimlari kelib holimizdan xabar olişdi. Holatni prokuratura nazoratga olgan.
Uçastka noziri Oybek bilan ham gaplaşdim. U qöpollik qilgan bölsa ham, unga qöl tekkizmadim, deb aytdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlarning barçasi yolğon. IIB binosidan jiyanimni öligi çiqmagan», — dedi Lutfiyor Xalilov.
Dastlabki ekspertiza xulosasi
Marhumning amakisi A'zam Xalilov jiyani Ahrorni uçastka noziri olib ketgandan keyin ukalari Umid va Yorqin bilan voqea joyiga borgani, ukasi Umid aka esa uçastka noziri bilan tengma-teng nozirning xizmat xonasiga olib kirilgani, jiyaniga biror jismoniy tazyiq bölmaganini aytdi.
Hududning uçastka noziri Oybek Mahmudov 31 mart kuni köçada tadbir paytida tibbiy niqobsiz yurgan Ahror Anvarovni körib qolişgani, niqob taqmagani uçun u bilan tortişib qolib, şaxsiga oydinlik kiritiş uçun uni xizmat xonasiga olib borilgani, eng asosiysi — u bilan orqama-ketin marhumning amakisi öz maşinasida birga kelişgani, xonada A.Anvarovga nisbatan heç qanday jismoniy tazyiq bölmaganini aytdi.
Uçastka noziri Oybek Mahmudov
Oybek Mahmudov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar haqiqatdan yiroq ekanini aytib ötdi. Nozirlar tomonidan unga jismoniy va ruhiy tazyiq ötkazilmaganini ta'kidladi.
Voqea guvohi bölgan şaxs «Qalinpöstin» MFY raisi Faroğat Tojiddinova 31 mart kuni marhumning mahallasida Ahror bilan uçraşib qolişganini aytdi. Öşanda u bilan Oybek Mahmudov va yana ikki nozir bölgani, niqob masalasida marhum Ahror bilan uçastka nozirlari tortişib qolişgani, şundan keyin nozirlar Ahrorni maşinaga ötqazib, uçastka xonasiga olib ketişganini gapirib berdi.
«Qalinpöstin» MFY raisi Faroğat Tojiddinova
Mahalla raisining qöşimça qilişiça, nozirlar bilan marhumning 2 amakisi, keyinroq otasi idoraga borgan.
Içki işlar vazirligi mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonot e'lon qildi.
Unda A.Anvarov mahalladagi profilaktika inspektorlari maskaniga 31 mart kuni olib kelingaç, u özi sodir etgan huquqbuzarligini tuşunib yetganligini, moddiy tomondan qiynalganligini ma'lum qilganligi bois otasi Yo.Xalilov iştirokida profilaktik suhbat ötkazilib, rasmiy ogohlantirilgan va otasi bilan birgalikda yaşaş xonadoniga ruxsat berilgani qayd etilgan.
Mahalla idorasi binosi
A.Anvarov 2 aprel kuni u Quva tumani «Qalinpöstin» mahallasi böylab piyoda ketayotganda yiqilib tuşib, soğliği yomonlaşganligi sababli şifoxonaga olib borilgani, tibbiy muolajalarga qaramasdan, şu kuni A.Anvarov şifoxonada vafot etgani ham aytilgan.