Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Rossiyaga tegişli yuk maşinasi ağdarilib ketgan. Oqibatda uning ustiga yuklangan qöylarning bir qismi nobud bölgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 20 aprel kuni soat 17:20larda, davlat ahamiyatidagi 4R-38 M39 Olmaota–Toşkent–Termiz xalqaro yöli–Uçtepa–Jizzax şahri avtomobil yölining Paxtakor tumani hududidan ötuvçi 3-kilometrida tegişli hujjatlar bilan Rossiya fuqarosi boşqaruvida bölgan «DAF FT XF105 420» rusumli yuk maşinasi yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur yuk maşinasi Jizzax yönalişi böylab borayotganda öng old tomon şinasi yorilib ketgan. Natijada haydovçi boşqaruvni yöqotgan va maşina yöl çetiga ağdarilgan. Aniqlanişiça, yuk maşinasi yukxonasida jami 300 boş qöy bölgan. Yöl-transport hodisasi oqibatida 158 boş qöy nobud bölgan. Qolgan 142 boş qöy-qözi maxsus uskunalar yordamida qutqarib qolingan. Avtoulov texnik şikastlangan, heç kim jarohatlanmagan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Paxtakor tuman IIB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Jizzaxning bir tumanidan öğirlangan avtomaşina ikkinçi tumanidan şikastlangan holda topildi
Jizzaxda qoidani buzgan haydovçini sökkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda
















